Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qozog‘istonni taslim etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Qozog‘istonni taslim etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 noyabr, chorshanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Hojimat Erkinov o‘zbekistonliklarni oldinga olib chiqdi. "Torpedo" futbolchisining zarbasidan so‘ng to‘p tsinga tegib, so‘ngra chiziqni kesib o‘tdi.

Shundan so‘ng qo‘shnlarimiz tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi, ammo gol urish yana biznikilarga nasib etdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Eldor Shomurodov yarim himoyachi Shukurovdan to‘pni qabul qilish chog‘ida himoyachini chiroyli tarzda aldab o‘tdi va raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, imkoniyatdan unumli foydalandi.

Ikkinchi bo‘limda ham ikki jamoa vakillarida golga tortadigan vaziyatlar bo‘ldi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol etilmadi.

Srechko Katanes shogirdlari noyabr yig‘ini doirasida navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini 20 noyabr kuni Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs soat 17:00da boshlanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
16 noyabr, chorshanba
O‘zbekiston — Qozog‘iston 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Erkinov, 2:0 – 45 Shomurodov.
O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Rustam Ashurmatov, Dilshod Saitov (Sherzod Nasrullayev, 69), Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov (Abdulla Abdullayev, 90+2), Otabek Shukurov, Aziz Turg‘unboyev (Oston O‘runov, 69), Hojimat Erkinov (Sardor Sobirxo‘jayev, 69), Eldor Shomurodov (Igor Sergeev, 84).
Qozog‘iston: Igor Shaskiy, Sergey Maliy, Nurali Alip, Aslan Darabayev (Baxtiyor Zaynutdinov, 46), Asxat Tagibergen, Elxan Astanov (Islambek Kuat, 80), Mixail Gabishev (Bagdat Kairov, 73), Abat Aymbetov (Aybar Jaksilikov, 73), Timur Dosmagambetov (Dmitriy Shomko, 73), Ramazan O‘razov (Bauirjan Islamxan, 68), Aleksandr Marochkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:14, 16.11.2022.
O'qildi: 3623 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик