Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Ruslan Ahmedov: «Andijon» yana o‘z uslubida gollar urdi»

Ruslan Ahmedov: «Andijon» yana o‘z uslubida gollar urdi»

Baho:
+ | -

“Andijon” hamda “Xorazm” (3:1) klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov jamoasining mag‘lubiyati xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi navbatda “Andijon” klubi va uning muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Superliga masalasini oldindan hal qilib qo‘ygan bo‘lsa, bugun o‘z maydonidagi oxirgi uchrashuvda ham muxlislariga bayram uyushtirishga harakat qilishdi.

Biz to‘g‘ri futbol o‘ynashga harakat qilamiz. O‘yinchilarga rahmat aytdim. Bungacha yutqazgan uchrashuvlarimizda o‘yin bo‘yicha raqiblarga yutqazmadik. Vaziyatlarimiz bo‘ladi, ammo gol urolmasdik. Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Omadga ham ko‘p narsa bog‘liq. Ikkinchi bo‘limda imkoniyatlardan foydalanganimizda Andijondan kamida durang bilan qaytgan bo‘lardik.

“Andijon”ni uslubini bilamiz va shunga qarshi harakat qilganimiz bilan baribir ular yana o‘z uslubida gollar urdi. Muvozanatni saqlay olmadik. Autdan to‘p uzatilishidan keyin darvozani ishg‘ol qilishdi. Birinchi golni ko‘rdinglar, avtogol bo‘ldi", — dedi Ruslan Ahmedov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 08:29, 17.11.2022.
O'qildi: 1650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик