"Yuventus" mavsum oxirida "PSJ" yarim himoyachisi Leandro Paredesni to‘liq sotib olmoqchi emas, deb yozadi La Gazette Dello Sport.
Manbaga ko‘ra, futbolchi 2022/23 yilgi mavsum boshidan beri Turin klubida ijara asosida to‘p surmoqda, biroq hozircha u "Yuventus" rahbariyatini hayratda qoldira olmadi, shu bois uni iyun oyida sotib olish yoki sotib olish-olmasliklariga ishonchlari komil emas.
28 yoshli argentinalik joriy A Seriyada 9 ta o‘yin o‘tkazdi.