Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Qatar-2022. Argentina terma jamoasi va Messi qayerda yashamoqda?

Qatar-2022. Argentina terma jamoasi va Messi qayerda yashamoqda?

Baho:
+ | -

Argentina milliy terma jamoasi payshanba kuni tongida Qatar poytaxti Dohaga yetib keldi. Janubiy amerikalik futbolchilar dastlab, Qatar Milliy universitetining yotoqxonasiga joylashgani aytiladi. Messi boshchiligidagi futbolchilarga hech qanday ta’lim kerak emas. Ayniqsa, o‘tgan yili Kopa Amerika g‘olibiga aylangan terma jamoaga. Ushbu qarorga kelinishidan asosiy maqsad, futbolchilar o‘zlarini biroz erkinroq his qilishlari edi. Talabalar turar joyi ancha keng va kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

Ushbu voqeaga Argentina FA vakili izoh berar ekan, jumladan, shunday deydi: "Biz aynan Universitet binosini tanlashimizning bir qancha sabablari bor. Avvalo, bu yerda ham boshqa joylar kabi barcha sharoitlar mavjud. Qolaversa, futbolchilar ochiq havodan bahra olib, o‘zi istagan ish bilan mashg‘ul bo‘la oladi. Biz bu yerda o‘z milliy taomimiz bo‘lgan asado tayyorlash uchun hamma imkoniyatlarga egamiz. Bunday imkoniyat futbolchilarimiz uchun muhim. Chunki, bu (asado tayyorlash) madaniyatimizning bir qismi hisoblanadi. Rahbariyat futbolchilarni Qatarda bo‘lib turgan vaqtida o‘zlarini uyidagidek his qilishlarini xohlaydi. Milliy taomdan bahramand bo‘lish esa, ularga ana shunday hissiyotni taqdim etadi deb o‘ylaymiz".

Asado deb ataladigan janubiy amerikaliklar taomi butun dunyoga barbekyu nomi bilan mashhur. Argentinaliklar go‘shtni yaxshilab pishirishadi. Keyin unga ko‘p tuz qo‘shib, salat barglari va vino bilan tanavvul qilishadi. Ushbu ishlar maxsus oshpaz tomonidan bajarilishi belgilangan. Ammo Messining o‘zi bu ishlarda qatnashib, o‘z jamoadoshlariga asado tayyorlab bergan.

Qatar universiteti argentinaliklar uchun eng zamonaviy jihozlarga ega trenajor zali, olimpiya o‘yinlarida foydalaniladigan basseyn hajmiga teng bo‘lgan cho‘milish havzasi va 10 ming kishilik sig‘imga ega stadionda mashq qilish imkonini taqdim etadi. 90 kishilik sig‘im ega oliygoh yotoqxonasi Doha chetida joylashgan va mamlakatdagi eng nufuzli universitet tarkibiga kiradi.
Argentina terma jamoasi 2014 yilgi mundialda finalga qadar yetib borgan edi. Ular bu safar missiyani to‘liq bajarishga harakat qilib ko‘rishadi. Ammo ko‘pchilik mutaxassislar Messi jamoasini uzog‘i bilan chorak finalga qadar bora olishadi deb hisoblamoqda. Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatiga 20 noyabr kuni, Toshkent vaqti 21:00da, Qatar va Ekuador o‘yini start beradi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 08:31, 18.11.2022.
O'qildi: 9112 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.