Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Jahon chempionati ishtirokchilarining yetakchi futbolchilari(1-qism)

Jahon chempionati ishtirokchilarining yetakchi futbolchilari(1-qism)

Baho:
+ | -

Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu yana bir bor jahon chempionatida g‘alaba qozonishga harakat qilishadi, ammo Qatarda ularga kuchli raqiblar ro‘baro kelishi aniq. Keling, bugun o‘z terma jamoalarida kimlar yetakchi ekanlinlarini ko‘rib chiqamiz.

Avstraliya - Metyu Rayan

30 yoshli darvozabon "Kopengagen"da o‘ynaydi. U Avstraliya terma jamoasida 75 ta o‘yin o‘tkazgan. 2018 yilgi jahon chempionati va 2017 yilgi Konfederasiyalar kubogida ishtirok etgan.

Angliya - Xarri Keyn

"Tottenxem"ning 29 yoshli hujumchisi. Britaniyaliklarning asosiy zarba beruvchi kuchi Angliya uchun gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqda. Ueyn Runigacha ikkita gol qoldi, hozir Keyn hisobida 51 ta gol bor.

Argentina - Lionel Messi

“PSJ”ning 35 yoshli hujumchisi terma jamoa bilan sovrin yutish umidida beshinchi jahon chempionatiga yo‘l oladi. Qatardagi turnir uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi.

Belgiya - Eden Azar

"Real Madrid"ning 31 yoshli yarim himoyachisi qo‘l ostida belgiyaliklar JCH-2018 bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Angliyaga qarshi o‘yinda Eden g‘alaba to‘pini kiritdi.

Braziliya - Tiago Silva

2022 yilgi jahon chempionati 38 yoshli “Chelsi” himoyachisi faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ladi. Ammo 2010 yilda futbolchi maydonga tushmagan. Keyingi turnirlarda esa 11 uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.

Gana - Andre Ayyu

32 yoshli yarim himoyachi “As-Sadd”da to‘p tepadi. U Gana terma jamoasi safida 107 ta o‘yin o‘tkazgan. U 2015 yilgi Afrika Millatlar Kubogida eng yaxshi to‘purar bo‘lgan.

Germaniya - Manuel Noyer

“Bavariya”ning 36 yoshli darvozaboni 2014 yilda jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritgan, 2020 yilgi Yevropa chempionatidan so‘ng esa terma jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etilgandi. Noyer nemis darvozabonlari safida rekord darajadagi o‘yin o‘tkazgan – 113ta.

Daniya - Simon Kyer

2009 yildan beri “Milan”ning 33 yoshli himoyachisi Daniya terma jamoasi safida 121 marta maydonga tushdi va bu natija bilan uchinchi o‘rinda turadi. U bilan birga terma jamoa Yevro-2020 yarim finaliga qadar yetib borgan va u yerda Angliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Eron - Ehson Hojisafi

AEKning 32 yoshli himoyachisi terma jamoa safida 114 ta o‘yin o‘tkazgan. 2017 yilda Eron futbol federasiyasi Isroilning “Makkabi” klubi bilan Yevropa ligasi o‘yinida ishtirok etgani uchun sportchini umrbod diskvalifikasiya qilgan, biroq keyin bu qaror bekor qilingan edi.

Ispaniya - Serxio Buskets

34 yoshli "Barselona" yarim himoyachisi 2010 yilgi jahon chempionati va 2012 yilgi Yevro chempioni bo‘lgan. Umuman olganda, futbolchi uchta jahon chempionatida ishtirok etgan.

Kamerun - Vinsent Abubakar

30 yoshli hujumchi Saudiyaning "An-Nasr" klubida o‘ynaydi. Kamerun terma jamoasi safida futbolchi 89 ta o‘yin o‘tkazib, 33 ta gol urgan.

Kanada - Atiba Xatchinson

"Beshiktosh"ning 39 yoshli yarim himoyachisi 2003 yilda Kanada terma jamoasida debyut qilgan. Futbolchi jahon chempionati saralash turnirlarida 32 ta o‘yin o‘tkazgan.

Qatar - Sad Al-SHib

32 yoshli “Ac-Sadd” darvozaboni 2008 yildan buyon milliy terma jamoa safida harakat qiladi. Bu vaqt ichida futbolchi 2019 yilgi Osiyo Kubogida g‘olib chiqdi va turnirning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi.

Kosta-Rika - Brayan Ruiz

“Alaxuelense”ning 37 yoshli forvardi Kosta-Rika terma jamoasini Qatardagi turnirda boshqaradi. Futbolchilar ispanlar, nemislar va yaponlar bilan uchrashuvni kutishmoqda.

Marokash - Roman Sais

"Beshiktosh" himoyachisi 32 yoshida ikkinchi jahon chempionatiga yo‘l oladi. 2018 yilda futbolchi Eron va Ispaniya termalari bilan o‘yinlarda maydonga tushgan, ular mos ravishda mag‘lubiyat va durang bilan yakunlangan.

Meksika - Andres Guardado

"Betis"ning 39 yoshli yarim himoyachisi uzoq vaqtdan beri Meksika terma jamoasi uchun kurashib keladi - futbolchi 179 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urgan.

Niderlandiya - Virjil van Deyk

Ko‘plab klub yutuqlariga qaramay, 31 yoshli "Liverpul" himoyachisi hech qachon JCH va Yevroda qatnashmagan. Niderlandiya 2016 va 2018 yilgi turnirlarda ishtirok eta olmagan, van Deyk esa 2021 yilda o‘tkazilgan Yevropa chempionatini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan.

Polsha - Robert Levandovski

"Barselona"ning 34 yoshli hujumchisi terma jamoada urilgan gollar soni bo‘yicha o‘zining rekordlarini yangilashga harakat qiladi. Futbolchi turli turnirlarda 76 ta gol urgan.

Kiritildi: 12:49, 18.11.2022.
O'qildi: 3505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.