“Napoli” markaziy himoyachisi Amir Rrahmani jamoa muvaffaqiyatida Xvicha Kvarasxeliyaning hissasi haqida gapirdi.
“Xvicha kelganida jim va uyatchan edi, hozir ham shunday. U ajoyib iste’dodga ega. Uning o‘ziga xos o‘yin uslubi bor, u driblingda juda kuchli, ammo kelajakda bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin.
Bizda ajoyib yaxshi munosabatlar mavjud. Uning kelishi jamoadagi muhitga ijobiy tasir qildi - bizda shunday futbolchi borligidan barchamiz xursandmiz", - deya Rrahmanining so‘zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.