Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Mbappe va yana ikki futbolchi: Xabi Alonso "Chelsi" uchun yozgi uchta asosiy transfer nishonini belgilab oldi

Mbappe va yana ikki futbolchi: Xabi Alonso "Chelsi" uchun yozgi uchta asosiy transfer nishonini belgilab oldi

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso londonliklarning yozgi transfer strategiyasini ishlab chiqishni boshladi. CentreGoalHQ nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis "ko‘klar" rahbariyatiga o‘zi sotib olmoqchi bo‘lgan futbolchilarning qisqacha ro‘yxatini (short-list) taqdim etgan.

Alonso transfer bozoridagi uchta asosiy nishonni allaqachon tasdiqlab bo‘ldi — bular "Bayer"dan Viktor Bonifase, "Sanderlend"dan Granit Jaka va "Real"dan Kilian Mbappedir. Ushbu futbolchilarning har biri o‘z vaqtida Alonso qo‘l ostida to‘p surgan: Bonifase va Jaka — "Bayer"da, Mbappe esa — "Real"da.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" 17 may kuni Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qilgan edi. Ispaniyalik mutaxassis bilan 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan.

Kiritildi: 20:20, 20.05.2026.
O'qildi: 1579 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик