Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Messi, Myuller, Mukoko. Qatardagi rekordchilar

Messi, Myuller, Mukoko. Qatardagi rekordchilar

Baho:
+ | -

 Qatar yashil maydonlarida o‘tadigan mundial startiga bir kun qoldi. Barcha futbol ishqibozlarining e’tibori aynan shu turnirga qaratilsa, ajab emas. Shunday ekan biz ham mundial bo‘yicha sizlarga ma’lumot berishda davom etamiz. Ushbu Jahon chempionatida bir-nechta rekordlar yangilanishi mumkin. Ular biln quyida tanishib chiqamiz. 

Eng tajribali a’zo

Messi to‘rtta jahon chempionatida 19 ta o‘yin o‘tkazgan. Lionel Maradonaning rekordlaridan birini yangilashi mumkin. Diyego jahon chempionatida 21 ta o‘yin o‘tkazgan. Darvoqe, Argentina finalga chiqsa va Lionel har bir uchrashuvda maydonga tushishsa, u jami 26 ta o‘yin o‘tkazib, jahon rekordchisi bo‘ladi. Ayni damda - Matteus (25 o‘yin), Kloze (24) va Maldini (23 o‘yin) mundialda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar bo‘lib turishibdi. Kuchli o‘ntalikda Maradonadan tashqari yana bir argentinalik ham bor - Maskerano, ammo Messi Qatardagi ikkinchi o‘yindan so‘ng undan o‘zib ketadi.

Eng yosh va eng keksa futbolchi

Eng yosh futbolchi nominasiyasida nemislar hujumchisini ta’kidlash joiz. "Borussiya D"nig 17 yoshli hujumchisi, ajoyib o‘yinlari bilan keng jamoatchilikka tanilgan Yusuf Mukoko terma jamoadan chaqiruv oldi. Flik hujumda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ko‘ramiz, 20 noyabr kuni 18 yoshga to‘ladigan yigit turnir qahramoniga aylanadimi, chunki Germaniya Kloze va Gomes ketganidan keyin ajoyib hujumchini kutayotgandi, Havers esa vaqtinchalik o‘rinbosar bo‘lib qolmoqda. Yusuf jahon chempionati tarixidagi eng yosh ishtirokchiga aylanmaydi, rekord shimoliy irlandiyalik Norman Uaytsaydga tegishli – “Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi 17 yoshu 1 oy 10 kunligida debyut qilgan.

Avstraliyaliklar 18 yoshli Kuola, xuddi shu yoshdagi Gavi va shuningdek, Kosta-Rika va Marokash termalarida 2004 yilda tug‘ilgan, Mukoko bilan tengdosh futbolchilar bor. Meksika terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Talavera turnirdagi eng keksa futbolchi bo‘lmoqda. 

Eng foydali futbolchi 

Tomas Myuller, albatta. 2010 yilgi jahon chempionatida Myuller qanday o‘yin namoyish etganini eslaysizmi? Myuller Yevropa chempionatlarida u darajadagi zo‘r futbolchidek taasurot qolirmaydi. Huddi o‘tgan yilgi turnirda Angliya darvozasiga ura olmagan goli kabi. Lekin jahon chempionatlarida u haqiqiy yulduzga aylanib ketadi. Tomas o‘zining birinchi mundialida 5 ta gol urgan, keyingisida ham 5 bor darvozalarni ishg‘ol qilgan. Jahon chempionatlari tarixida bor-yo‘g‘i yetti kishi undan ko‘p gol ura olishgan. Kloze 16 ta gol bilan mundiallar tarixida eng ko‘p gol kiritgan futbolchi bo‘lib qolmoqda. Keyingi o‘rinlarda Ronaldo (15), Gerd Myuller (14), Fonten (13), Pele (12), Klinsmann va Koshich (11 ta). Agar Myuller ikki gol urib, Pelega tenglashsa, bu allaqachon faxrlanadigan yutuq. Flikda Myullerdek tajribali futbolchi borligi bu yutuq. Shuningdek, Tomas Qatardagi jahon chempionatining barcha ishtirokchilari orasida nafaqat gollar bo‘yicha, balki golli uzatmalar bo‘yicha ham rekordchi ekanligini eslatishimiz kerak. U 6 golga uzatma bergan. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:24, 19.11.2022.
O'qildi: 2500 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.