Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Sergeev: "Rossiyaning qanday tarkib bilan kelishi unchalik ahamiyatli emas, biz o‘z ishimizni qilishimiz kerak" (intervyu)

Sergeev: "Rossiyaning qanday tarkib bilan kelishi unchalik ahamiyatli emas, biz o‘z ishimizni qilishimiz kerak" (intervyu)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘rtoqlik o‘yini bugun, 20 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.

- O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston - Rossiya uchrashuvini kuzatib bordimi?

— Ha, tomosha qildik. Rossiya terma jamoasida birinchi marta maydonga tushgan yangi futbolchilar ko‘p edi. Shuning uchun bu o‘yin unchalik e’tibor qaratishga arzimaydi, deb o‘ylayman. Qolaversa, ular sun’iy qoplamali maydonda o‘ynashdi va bu butunlay boshqacha o‘yin. Men Qozog‘iston chempionatida o‘ynayman, u yerdagi jamoalarning deyarli yarmi sun’iy maydonlarda o‘ynaydi. Albatta, Rossiya terma jamoasi bu natijadan qoniqish hosil qilmasa kerak va ular, albatta, o‘zlarini - o‘z oldida ham, murabbiy va muxlislar oldida ham tiklanishni xohlashadi. Shunday ekan, O‘zbekiston bilan o‘yin butunlay boshqacha bo‘ladi.

- Rossiya hatto Tojikistonni ham mag‘lub eta olmadi...

- Biz bunday narsalar bilan maqtanmaymiz, bugun yoki ertaga siz bilan ham shunga o‘xshash narsa yuz berishi mumkinligini juda yaxshi tushunamiz. Shunday bo‘ladiki, siz tayyorsiz, lekin o‘yin ko‘ngildagidek chiqmaydi, nimadir xalaqit beradi.

- Qozog‘iston terma jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdingizlar. Hozir O‘zbekiston g‘alabadan keyin ma’naviy yuksalishda, deyish mumkinmi?

- Balki, qaysidir ma’noda, ha. Qozog‘iston bilan anchadan beri o‘ynamadik, bu Markaziy Osiyo derbisi edi. Ayniqsa, uyda o‘ynash. Qayerdadir, ehtimol, kerak bo‘lgandan ham ko‘proq hissiyotlar sarflangan va ular Rossiya bilan o‘yin uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin. O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining yaxshi saviyasini ko‘rsatishini istardim.

- O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari Rossiya optimal bo‘lmagan tarkibni olib kelganini muhokama qilishdimi?

- Yo‘q, chunki bu Rossiya terma jamoasi, murabbiylar shtabining tanlovi. Xohlashsa beshinchi tarkibni olib kelishsin, bizning vazifamiz maydonga chiqib o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish, g‘alaba qozonishga harakat qilish. Raqibning qanday tarkibda bo‘lishi unchalik muhim emas.

- O‘zbekiston - Qozog‘iston uchrashuvini rossiyalik Sergey Karasyov boshqarib bordi. Uning ishi haqida nima deya olasiz?

- Yaxshi hakamlik qildi, o‘ynashga berdi. Hech qanday xato qilmaganga o‘xshadi. U kurash uchun imkon berdi, hushtakni kam chaldi, shuning uchun u yaxshi taassurot qoldirdi. Tajribali hakam ekanligi ko‘rinib turibdi. Rossiyada: «Agar Karasyov hakamlik qilsa, penalti bo‘ladi», deganlarini eshitdim. Lekin, Qozog‘iston bilan o‘yinda penalti belgilamadi.

- Rossiya bilan o‘yindan nima kutyapsiz?

— Men yaxshi futbol ko‘rishni va ushbu o‘yinda ishtirok etishni xohlayman. Men g‘alaba qozonishni xohlayman”, — dedi Sergeev Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida.

Kiritildi: 00:32, 20.11.2022.
O'qildi: 2231 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.