Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Azar: "Endi avvalgi darajamga chiqa olmasam kerak"

Azar: "Endi avvalgi darajamga chiqa olmasam kerak"

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi va Belgiya terma jamoasi qanot yarim himoyachisi Eden Azar o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga qayta olmasligini tan oldi.

Londonning "Chelsi" jamoasida muvaffaqiyatli yillardan so‘ng belgiyalik o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri maqomida "Real"ga 115 million yevro evaziga o‘tdi, ammo Madridda hammasi ko‘ngildagidek chiqmadi.

“Men hozir 2018 yilda ko‘rsatgan darajamni ko‘rsata olmayman, ruhiy va jismonan juda ko‘p azob chekdim. Men buni tan olishdan uyalmayman. 2018 yilda men, ehtimol, dunyoning eng kuchli o‘nta futbolchisi qatoriga kirganman”, — dedi 31 yoshli futbolchi L’Equipe bilan suhbatda.

Azar "qaymoqranglilar" tarkibida 72 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 00:40, 20.11.2022.
O'qildi: 3179 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик