Pro liga 27-turidan o‘rin olgan “Yangiyer” — “Aral samali” uchrashuvi mehmonlarning bellashuvga tashrif buyurmaganidan kelib chiqib o‘tkazilmadi hamda mezbonlarga 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba berildi.
Afsuski, “Aral samali” jamoasi bu borada O‘zbekiston Professional futbol ligasini xabardor qilmadi.
Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Pro liga 28-turidan o‘rin olgan “Aral samali” — “G‘ijduvon” uchrashuvini tashkil etishdan ma’no yo‘q deb hisobladi va o‘yinni bekor qildi.