Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Chelsi" Xavers va Sterling o‘yinidan norozi

"Chelsi" Xavers va Sterling o‘yinidan norozi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini "Chelsi"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Sport Daily.

Nashrning yozishicha, London klubi 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. “Ko‘klar” hujum chizig‘ini yaxshilashga intilmoqda, murabbiylar shtabi Raxim Sterling va Kay Xaversning o‘yinidan norozi.

“Barselona” rahbariyati bu kelishuvdan manfaatdor emas va fransiyalik hujumchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Dembelening kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023/24 yilgi mavsumgacha amal qiladi.

25 yoshli hujumchi joriy mavsumda “Barselona” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra futbolchining narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 20:54, 20.11.2022.
O'qildi: 2965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик