Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Qatar-2022. Angliya ilk bahsini qay yo‘sinda boshlaydi?

Qatar-2022. Angliya ilk bahsini qay yo‘sinda boshlaydi?

Baho:
+ | -

Kuni kecha Qatardagi Jahon chempionatining startiga guvoh bo‘ldik. Bugun B guruhidagi jamoalar o‘zaro bahslarga kirishadi. Undan Angliya ham joy olgan. Inglizlarga ilk raqib Eron Islom Respublikasi bo‘ladi. Shuningdek, guruhdan AQSH hamda Uels ham joy olgan. Xo‘sh, Angliya bugungi o‘yinni qay uslubda boshlaydi?

So‘nggi xabarlarga qaraganda, inglizlar ustozi Garet Sautgeyt Yevropa chempionati finalida foydalangan 11 futbolchidan 9 tasini bugungi o‘yinga tanlab oladi. Himoya chizig‘i to‘rtta futbolchidan tashkil topishi aytilgan. "Manchester Yunayted"da zaxiraga mixlangan Xarri Maguayr boshlang‘ich tarkibga kirishi kutilmoqda. U "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz bilan markaziy mudofaani tashkil etib beradi. Qanotlarda esa "Nyukasl" vakili Kiran Trippyer va "MYU"ning yana bir o‘yinchisi Lyuk Shou joylashadi.

Yarim himoya asosan yosh talantlardan iborat bo‘ladi. Xususan, tayanch chizig‘ida Deklan Rays hamda Meyson Mount harakat qiladi. Ularning oldida, o‘ninchi raqam vazifasini Jyud Bellingem bajarishi lozim. Hujum chizig‘i Yevro-2020 kabi bo‘ladi. Ya’ni, Chap qanotda "Chelsi" hujumchisi Raxim Sterling to‘p tepsa, o‘ng tomonni "Arsenal" vakili Bukayo Saka egallaydi. Saka Fil Fodendan ko‘ra afzal ko‘rilishi taxmin qilingan. Jamoa sardori bo‘lgan Xarri Keyn hujum markazidan o‘rin oladi. Darvoza esa "Everton" posboni Jordan Pikfordga ishonib topshiriladi. Pikford 2018 yilgi mundialda ham asosiy figura edi.

Garet Sautgeyt o‘z futbolchilari haqida gapirar ekan, Eronga qarshi bahs oldidan tiz cho‘kish bilan bahsni boshlashini aytadi. "Uch Sherlar" bu odatni "Black Lives Matter" shiori ostida o‘tkazadi. Qolaversa, bu Qatarning inson huquqlari borasidagi g‘ayriqonuniy ishlariga javob o‘laroq, bajariladi. Bu haqida Sautgeytning o‘zi shunday deydi:
"Biz tiz cho‘kishga kelishib oldik. Biz shunday qilish kerak deb hisoblaymiz. Bu narsa bizning jamoa sifatida insoniyatga hurmatimizni ifodalaydi. APLda bu odat faqat katta o‘yinlarda amal qilmoqda. O‘ylaymanki, Jahon chempionatidan ko‘ra kattaroq turnir yo‘q va biz butun dunyoga o‘zimizning birdamligimiz va insoniyatga bo‘lgan cheksiz muhabbatimizni namoyish etamiz. Barcha, ayniqsa, yosh avlod, inson huquqlari va hayoti aziz ekanini bilishi darkor!".

Eslatib o‘tamiz, Angliya va Eron o‘rtasidagi bahs bugun, Toshkent vaqti bilan 18:00da start oladi. O‘yinni SPORT TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyati mavjud.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:43, 21.11.2022.
O'qildi: 2050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.