Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" yanvar oyida yangi xarid amalga oshirishi uchun uchta shartni bajarishi kerak

"Barselona" yanvar oyida yangi xarid amalga oshirishi uchun uchta shartni bajarishi kerak

Baho:
+ | -

"Barselona" qishki transfer oynasida yangi o‘ng qanot himoyachisini sotib olmoqchi. Biroq Ispaniya chempionatida moliyaviy feyr-pley qoidalariga ko‘ra, ular uchta shartni bajarsagina buni amalga oshirishlari mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.

Bular hujumchi Memfis Depayning ketishi; Mark-Andre ter Shtegen va Frenki de Yong bilan maoshlarni qisqartirish bo‘yicha kelishuv; homiylik yoki o‘rtoqlik o‘yinlaridan qo‘shimcha daromad olish.

Xabar qilinishicha, "Barselona" qishki transfer oynasida "Jirona"dan Arnau Martinesni sotib olmoqchi. 19 yoshli futbolchi avvalroq “Ko‘k-anorranglilar” akademiyasida o‘ynagan.

Kiritildi: 16:45, 21.11.2022.
O'qildi: 5531 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик