Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" va "Barselona" sobiq futbolchisi "Reynjers" murabbiyligidan xaydaldi

"Real" va "Barselona" sobiq futbolchisi "Reynjers" murabbiyligidan xaydaldi

Baho:
+ | -

Shotlandiya “Reynjers” jamoasi niderlandiyalik mutaxassis Jovanni van Bronxorstni bosh murabbiylikdan bo‘shatganini e’lon qildi. Bu haqda Glazgo jamoasi sayti xabar berdi.

47 yoshli Jovanni van Bronxorst 2021 yilning noyabridan beri “Reynjers”ni boshqarib kelayotgan edi. Uning jamoasi Shotlandiya chempionatining 15-turidan so‘ng 33 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam “Seltik”dan 9 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasida “Reynjers” “Liverpul”, “Napoli” va “Ayaks” bilan bir guruhda birorta ham ochko ololmadi.

Avvalroq futbolchilik faoliyati davomida “Arsenal” va “Barselona”da o‘ynagan van Bronxorst “Feyenoord” va “Guanchjou” klublarini boshqargan.

Kiritildi: 16:48, 21.11.2022.
O'qildi: 2488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик