Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Argentina o‘yini uchun maktabda darslar bekor qilindi, termaning JCHdagi asosiy raqibi kim? Bir mexanizmga aylangan «albiseleste»

Argentina o‘yini uchun maktabda darslar bekor qilindi, termaning JCHdagi asosiy raqibi kim? Bir mexanizmga aylangan «albiseleste»

Baho:
+ | -

Argentinalik jurnalist va sharhlovchi Fakundo Gyonto Lionel Messi va Argentinaning JCH-2022dagi o‘yinlari haqida intervyu berdi.

- Argentina terma jamoasidan qanday umidlar bor?

- Umidlar juda yaxshi. Jamoa 2021 yilda Amerika kubogini qo‘lga kiritdi. Biz ketma-ket 36 o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramayapmiz. Bunga erishish uchun ko‘p kuch va chidamlilik kerak edi. Yodingizda bo‘lsa, Argentina yozda Italiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi, bu esa muxlislar ishonchini qozonish nuqtayi nazaridan juda muhim bo‘ldi. Odamlar nihoyat Argentina juda kuchli ekanligiga ishonishdi. Unutmaylik, bizda ham jismonan, ham ruhiy jihatdan juda yaxshi formada bo‘lgan Messi bor. U hali o‘z so‘zini aytadi.

Argentinada odamlar jamoadan juda mamnun. Biz Lionel Skaloni va uning murabbiylar shtabiga to‘liq ishonamiz. Shtabda Uolter Samuel, Pablo Aymar, Roberto Ayyala bor, ularning barchasi ajoyib o‘yinchilar edi va endi ular boshqacha hikoya yozishmoqda. Jamoada hamma ham mukammal emas, yo‘qotishlar bor. Jarohat olgan Xoakin Korrea, Jovani lo Chelso va Nikolas Gonsales. Lo Chelso - juda katta yo‘qotish, lekin Gonsales ham ajoyib futbol ko‘rsatdi, u ham juda muhim. Odamlar eslaydilarki, Argentina 2002 yilgi jahon chempionatiga ajoyib formada borgan, keyin jarohatlar tufayli ko‘p muammolar bo‘lgan, yakunda guruhdan chiqolmagan.

Shunday qilib, aytishim mumkinki, ertaga butun Argentina o‘z kuchini ko‘rsatishga majbur. Ertalab barcha futbol tomosha qiladi. Maktabda darslar kechroqqa qoldirilgan, ofis ishi kechroq boshlanadi, uyda ishlaydiganlar esa mate ichib, terma jamoani xursand qilishadi.

- Argentina terma jamoasi hozir 2018 yildagidan kuchlimi?

- Shubhasiz, Argentina terma jamoasi hozir 2018 yildagidan ancha kuchli. Biz saralashdan juda ishonchli o‘tdik, ketma-ket 36 uchrashuvdan beri mag‘lubiyatga uchramayapmiz, juda kuchli tarkibga egamiz, bosh murabbiyni futbolchilar, matbuot va muxlislar to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Endi Argentina haqiqiy oilaga aylangan. Men bunday birlikni eslay olmayman.

2018 yilda jahon chempionatiga saralash bosqichidan yomon o‘tgan edik, jamoa maydonda ko‘proq azob chekdi va unchalik yaxshi futbol ko‘rsatmadi. Aytishimiz mumkinki, u Messiga juda bog‘liq edi. Ilgari Argentina terma jamoasini «Messi va boshqa 10 kishi» deb atash mumkin edi, endi esa bu jamoada Messi bir mexanizm singari mavjud. Bu hali ham juda katta farq degani.

Bosh murabbiy Xorxe Sampaoli futbolchilar, matbuot va ayniqsa, muxlislar ishonchidan bahramand bo‘lmadi. Qolaversa, Sampaoli JCH vaqtida murabbiylar shtabi bilan katta muammolarga duch kelganini keyinroq bildik. Mish-mishlarga ko‘ra, Fransiyaga mag‘lub bo‘lganidan keyin u va yordamchilardan biri o‘rtasida kiyim almashtirish xonasida janjal kelib chiqqan.

- Argentinada sizni ajablantiradigan futbolchilar bormi?

- Hozirgi Argentina terma jamoasida ajablantiradigan futbolchilar yo‘q, deb o‘ylamayman. Ularning barchasi o‘z jamoalarida yaxshi saviyada o‘ynashmoqda.

Biroq, o‘ylaymanki, Xulian Alvares va Enso Fernandes uchun bu turnir o‘zlarini isbotlash va butun dunyo odamlari tomonidan yanada yaxshiroq eslab qolish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Men Paulo Dibalaga ham ishonaman, u har doim ham birinchi rollarda bo‘lmaydi, lekin bu yerda u va Messi yaxshi to‘pga ega bo‘lsa, o‘zini eng yaxshi tomondan ko‘rsatishi mumkin.

- Argentinaning jahon chempionatidagi asosiy raqibi kim?

- Argentina termasining asosiy raqibi har doim Braziliya termasi hisoblanadi. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, biz har doim bu jamoani mag‘lub etishni xohlaymiz. Germaniya har doim Germaniya bo‘lib qoladi, terma jamoa 4 marta jahon chempionatida g‘alaba qozongan va 4 marta kumush medalni qo‘lga kiritgan. Mamlakatimizda hamma ular bilan tez-tez muammolarga duch kelganimizni eslaydi. Belgiya terma jamoasi ham Qatarda yaxshi o‘yin ko‘rsatadi, deb o‘ylayman. Finalda Argentina va Belgiya o‘ynaydi va Argentina g‘alaba qozonadi, mana mening bashoratim», — deydi jurnalist.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 10:46, 22.11.2022.
O'qildi: 3011 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.