Robert Levandovski JCH-2022da belgilangan birinchi penaltidan foydalana olmadi.
Meksika - Polsha (0:0, ikkinchi bo‘lim o‘tib bormoqda) terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvining 56-daqiqasida avstraliyalik hakam Kris Bit videotakrorni o‘rganib chiqib, Levandovskiga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun polshaliklar foydasiga penalti belgiladi.
"Barselona"ning 34 yoshli hujumchisi nuqtaga bordi va Gilermo Ochoani dog‘da qoldira olmadi - 37 yoshli darvozabon pastki chap burchakdan to‘pni qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, Robert jahon chempionatlarida o‘tkazgan 4 o‘yinida birorta ham gol ura olmagan. U 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida debyut qilgan.