Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manba: Ronaldu ikki klub o‘rtasida tanlov qiladi

Manba: Ronaldu ikki klub o‘rtasida tanlov qiladi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligini aniqladi. Ayni damda uning oldida ikkita asosiy variant bor: Angliyaning “Nyukasl” va Saudiya Arabistonining “An-Nasr”i, deb yozadi Marca.

22 noyabr kuni "Manchester Yunayted" va 37 yoshli hujumchi tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi.

Britaniya matbuotiga ko‘ra, Ronaldu shu tufayli 16 million funt sterling yo‘qotadi.

Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted” safida barcha turnirlar doirasida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:24, 23.11.2022.
O'qildi: 21544 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик