Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem
26/11 15:00 Ulsan Xyonde 1-3 Shangxay Port
26/11 15:00 Vissel Kobe 3-2 Sentrel Kost
26/11 17:00 Buriram Yunayted 0-3 Kavasaki Frontale
26/11 17:00 Shandong Taishan 1-0 Johor Dorul Ta'zim
26/11 19:00 Sharja 3-1 Istiqlol Dushanbe
26/11 21:00 As-Sadd 1-1 Al-Hilol
26/11 21:00 Ash-Shorta 1-3 Al-Vasl
26/11 21:00 Sepohon 1-1 Al-Vihdat
26/11 22:45 Slovan 2-3 Milan
26/11 22:45 Sparta 0-6 Atletiko
27/11 01:00 Bayer 5-0 Zalsburg
27/11 01:00 Bavariya 1-0 PSJ
27/11 01:00 Yang Boyz 1-0 Atalanta
27/11 01:00 Barselona 3-0 Brest
27/11 01:00 Inter 1-0 RB Leypsig
27/11 01:00 Manchester Siti 3-3 Feyenoord
27/11 01:00 Sporting 1-5 Arsenal

Ronalduning «MYU»dan ketishi bilan bog‘liq voqealarni yodga olamiz

Ronalduning «MYU»dan ketishi bilan bog‘liq voqealarni yodga olamiz

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" klubi kecha hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. Bu voqea o‘z-o‘zidan ro‘y bergani yo‘q albatta. Mazkur voqea atrofidagi hodisalarni eslab o‘tamiz.

«MYU»ning munosabati
Portugaliyalik futbolchi "The Sun" nashriga bergan shov-shuvli intervyusidan so‘ng "MYU" uni yirik miqdorda jarimaga tortishga, u bilan shartnomani bekor qilishga, agar ish sudgacha yetib borsa, Ronaldu bilan sudlashishga ham tayyor edi.

Tomonlar o‘zaro kelishgan holda tinch yo‘l bilan shartnomani bekor qilishdi. Bu borada «MYU» shunday bayonot berdi: «Ronaldu o‘zaro kleishuvga ko‘ra klubni tark etadi. Klub Ronalduga "Old Trafford"gi ikki davrdan iborat samarali mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi. Bu vaqtda u "MYU" safida 345ta o‘yinda ishtirok etib, 145ta gol urdi. Biz uning kelajakdagi ishlariga omad tilaymiz. «Manchester Yunayted»dagi barcha insonlarning bor e’tibori Erik ten Xag boshqaruvidagi jamoaning o‘sishi uchun xizmat qilishga qaratilgan».

Krishtianuning munosabati
Ronaldu ham o‘zining klubni tark etishiga izoh berdi: «Manchester Yunayted» bilan muzokaralardan so‘ng biz shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga kelishib oldik. Men "Manchester Yunayted"ni va uning muxlislarni yaxshi ko‘raman - bu hech qachon o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, men uchun yangi sinovlarni izlash vaqti kelganini his qilyapman. Jamoaga mavsumning ikkinchi qismida ham, kelajakda ham muvaffaqiyatlar tilayman».

Ronalduning "MYU"dagi yutuqlari
Portugaliyalik futbolchi «MYU» safida jami 7,5 yil to‘p tepdi. Bu ikkita davrdan iborat bo‘ldi: 2003-2009-yillar va 2021-2022 yillar. Bu yillar davomida u APLda 3 marta, Angliya liga kubogida 2 marta hamda Angliya kubogi, Angliya superkubogi, Yevropa chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida bir martadan zafar quchgan. Shuningdek, Krishtianu o‘zining ilk «Oltin to‘p»ini aynan «MYU» safida olgan (2008).

O‘zi nima bo‘lgandi?
13 noyabr kuni britaniyalik jurnalist Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu bilan intervyu qilganini e’lon qilib, berilgan tizerda futbolchining klub va bosh murabbiy Ten Xag haqida fikrlarini "qistirib" o‘tdi. Shundan so‘ng shov-shuv boshlandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Erik ten Xag hali intervyu e’lon qilinmasidan avval futbolchidan klubdan ketishi borasida qaror qabul qilib bo‘lgan. Klub rahbariyati esa futbolchini emas, murabbiyni qo‘llab-quvvatladi.

Ronaldu o‘z intervyusida klub va Ten Xagga nisbatan quyidagi e’tirozlarni bildirib o‘tdi:

— Erik ten Xag meni hurmat qilmaydi. Shuning uchun o‘rtamizda munosabat shunday tusga kirdi. U matbuot uchun munosabatlarimiz yaxshi ekanini aytib kelgan bo‘lsa-da, aslida unday emasdi.

— Yangi murabbiylar yangi uslublarni joriy qilishadi. Nima uchun bu kerakligini tushunmayman. Men jahonning eng yaxshi murabbiylari bilan birga ishlaganman: Zidan, Anchelotti, Mourinyu, Fernandu Santush, Allegri... Men ham ko‘p narsa bilaman.

— Nafaqat murabbiy, balki rahbariyatdagi ba’zi shaxslar mening klubdan ketishimni istashdi.

— Qizim kasal bo‘lgani uchun klubning yig‘iniga bora olmaganiga klub ishonmadi.

— Klub infratuzilmasi eskirgan.

— Yoshlar Krishtianu Ronaldudan o‘rnak olmaydi.

«MYU»ning g‘azabi

Klub ushbu intervyuni keskin qabul qildi. Jamoa Ronaldu jahon chempionatidan so‘ng klubga qaytmaslikni talab qila boshladi. «Yunayted» shartnomani bekor qilish borasida huquqshunoslar bilan maslahatlashuv ishlarini boshlab yubordi.

"MYU"dagi futbolchilar ham Krishtianuni qo‘llab-quvvatlashmadi.

Shartnoma bekor qilinishi oqibatida Krishtianu 16 mln funt daromaddan mahrum bo‘ldi.

Agar portugaliyalik o‘yinchi ortiqcha to‘lovlarsiz shartnomani bekor qilishga rozi bo‘lmasa, klub u bilan sudlashishga ham tayyor edi.

Ronaldu klubni tark etishni istamagan holatda jamoa Krishtianuni yoshlar jamoasida shug‘ullanishga "badarg‘a" qilardi.

Krishtianu Ronaldu Qatardagi jahon chempionatida klubsiz futbolchi sifatida o‘ynaydi. Uning agentlari yozda munosib klub topa olishmagandi. Qishki transfer paytida ular bu ishni uddalay olisharmikan? Ko‘ramiz.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 10:22, 23.11.2022.
O'qildi: 3568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.