Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari 2-3 Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis

Jahon chempionatlari tarixidagi sensasion besh mag‘lubiyat. Kimlar o‘zgarish yasagan edi?

Jahon chempionatlari tarixidagi sensasion besh mag‘lubiyat. Kimlar o‘zgarish yasagan edi?

Baho:
+ | -

Kuni kecha C guruhidan o‘rin olgan bahslar o‘tkazildi. Undan Saudiya Arabistoni va Argentina qarama-qarshiligi ham o‘rin olgandi. Butun dunyoni shokka solgan holda, osiyoliklar turnir favoritlaridan birini mag‘lub etishdi (1-2). Quyida mundiallar tarixidagi sharmandali mag‘lubiyatlar haqida so‘z boradi.

5. Kamerun 1-0 Argentina
O‘yin: San Siro stadioni, Milan Italiya-1990.

Diyego Maradona boshchiligidagi jamoa 90-yilgi turnirga amaldagi chempion sifatida tashrif buyuradi. Ammo guruhning ilk bahsi argentinaliklar uchun omadli kelmadi. Ular outsayder deya ta’riflangan Kamerunga minimal hisobda mag‘ub bo‘ladi. O‘shanda afrikaliklar bir kishi kam holda chempionlarni mag‘lub etgandi.

4. Jazoir 2-1 G‘arbiy Germaniya
O‘yin: Xixon shahri, Ispaniya-1982.

Hech kim kutmagan bir paytda, nemislar afrikalik arablarga mag‘lub bo‘ladi. Garchand Germaniya termasi birinchi o‘yinni boy bergan bo‘lsada, guruh bahslarini yetakchi sifatida yakunlaydi. Ular finalga qadar chiqa olishadi va Italiyaga 3-1 hisobida imkoniyatini boy beradi.

3. Shimoliy Koreya 1-0 Italiya
O‘yin: "Ayrsam Park", Midlsbro, Angliya-1966.

Turnirga adashib kelib qolgan koreyaliklar, guruhda kuchli raqibni mag‘lubiyatga uchratadi. "Azzuri" esa guruhda qolib ketadi. Ularning o‘rniga Shimoliy Koreya pley-offga yo‘l oladi.

2. Saudiya Arabistoni 2-1 Argentina
O‘yin: "Lusayl Afsonaviy Stadioni", Doha, Qatar.

Bu o‘yin Lionel Messining so‘nggi Jahon chempionatini bezab berishi kutilgan edi. Ammo amalda teskari effektga guvoh bo‘ldik. Avvaliga hammasi rejadagidek ketayotgandi. Messi gol urdi. Ortidan bir nechta gollar urildi. Ammo VAR ularni bekor qildi. Ikkinchi bo‘limda 5 daqiqada arablar ikki gol urdi va g‘alabani tantana qildi.

1. Angliya 0-1 AQSH
O‘yin: Belu-Orizonte shahri, Braziliya-1950.

Angliya Braziliyaga ko‘p narsalarni isbotlash uchun yo‘l olgandi. Ammo rejalar buzilib ketdi. Ular AQSHga kutilmaganda mag‘lub bo‘ladi. Guruhda Ispaniya birinchi o‘rinni egallaydi. Inglizlar esa keyingi bosqichsiz qoladi. Ular butun turnirni birgina, Chiliga qarshi o‘yindagi g‘alaba bilan yakunlaydi. Shunday qilib, inglizlar uyiga qaytadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:00, 23.11.2022.
O'qildi: 2765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.