Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Shaxmat. O‘zbekiston yarim finalda Hindiston bilan o‘ynaydi

Shaxmat. O‘zbekiston yarim finalda Hindiston bilan o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda Isroil davlatida shaxmat bo‘yicha FIDE jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi kecha chorak finalda Ukrainaga qarshi dona surib, 2ta to‘qnashuvda 3-1 va 2,5-1,5 hisobida raqibidan ustun keldi.

Yigitlarimizga yarim finalda Hindiston raqib bo‘ladigan bo‘ldi. Hindlar kecha chorak final bosqichi doirasida Fransiya bilan to‘qnash kelishdi. Ular o‘rtasidagi dastlabki 2ta to‘qnashuvda tomonlar bir martadan 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. G‘olibni aniqlash uchun jamoalar o‘ta tezkor o‘yinda ishtirok etishdi. Unda osiyoliklar 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozonishdi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

O‘zbekiston guruh bosqichida Hindiston bilan to‘qnash kelib, 3.5 — 0.5 hisobida ustun kelishgandi. Umid qilamiz, bu safar shaxmatchilarimiz bu raqibni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.

Ikkinchi yarim finalda esa Xitoy va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro bahslashishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:14, 24.11.2022.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик