Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Ronaldu bu borada yildan yilga sayqallanib bormoqda

Ronaldu bu borada yildan yilga sayqallanib bormoqda

Baho:
+ | -

Ronaldu kecha bir gol evaziga bir nechta rekordlarni o‘rnatib tashladi, darhaqiqat, endi uning deyarli har bir harakati tarixdan joy olaveradi.

Kecha penalti bo‘yicha e’tiborga molik hodisalar ko‘p bo‘ldi. U 11 metrdan gol urish bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchiga aylanib oldi. Krishtianu Ronaldu jahon chempionatida Gana bilan o‘yinda penaltidan gol urganidan xabaringiz bor. Endi u beshta jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

Penalti tepishda Ronalduning super mahorati ko‘zga tashlanadi.

Bu penaltidan Krishning 175-mini-yubiley goli bo‘ldi. Ulardan 146 tasini u to‘g‘ri amalga oshirgan, 29 tasi esa noaniq ketgan. Samaradorlik ulushi 83,4% ni tashkil qiladi.

Agar mutlaq raqamlarni solishtiradigan bo‘lsak, bu dunyodagi eng yaxshi natijadir. Unga eng yaqin ta’qibchi esa Leo Messi bo‘lib, u faoliyati davomida 106 ta gol urgan (30 ta zarbani noaniq ijro etgan).

• Qizig‘i, Gana bilan Ronaldu hech qanday tavakkal qilmaslikka qaror qildi va o‘zining sevimli chap burchagiga zarba berdi. Darvozabonga bunday zarbalarni olish juda qiyin, agar ular rejalashtirilganidek bajarilsa. Oldindan kerakli burchakka o‘tsangiz ham, bu deyarli imkonsiz. 

• Krish joriy mavsumdagi ikkinchi penaltisini amalga oshirdi, bu uning uchun juda kam. Ronaldu oxirgi marta 2005-2006 yillarda bir mavsumda bor-yo‘g‘i ikkita penalti tepgan edi - bittasi «Manchester Yunayted» uchun Liga kubogida, ikkinchisi Portugaliya uchun 2006 yilgi jahon chempionatida.

• Portugaliya uchun Ronalduning rekordi faoliyatidagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ham yomonroq bo‘lib turmoqda, u 22 penaltidan atigi 16 tasini aniq amalga oshirgan va yana 6 tasida omadi kelmagan. Amalga oshirish samaradorligi – atigi 73,7%.

Qizig‘i shundaki, u so‘nggi yillarda terma jamoa uchun 11 metrlik gollarni tez-tez ura boshladi: so‘nggi to‘rt yil ichida 22 tadan 12 tasi aniq bo‘lgan.

• Bu Ronalduning jahon chempionatidagi to‘rtinchi penaltisi bo‘ldi, u 2006 yilda gol urgan, 2018 yilda gol urgan va bir marta 11 mertrlik nuqtada adashgan. Shunday qilib, endi jahon chempionatlarida 11 metrlik imkoniyatlarning to‘rtdan uch qismidan foydalanildi.

Va bu turnirning faqat birinchi o‘yini xolos. U qolgan bahslar davomida ham sermahsullik ko‘rsatishda davom etadi.

Kiritildi: 15:30, 25.11.2022.
O'qildi: 6767 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.