Joriy hafta yakunida Gruziyada dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida Yevropa chempionlar ligasi bo‘lib o‘tadi. Unda hamyurtimiz Davlat Bobonov Fransiyaning «PSJ» jamoasi tarkibida ishtirok etadi.
Bobonov Tokio-2020 Olimpiadasidan so‘ng ushbu klub bilan shartnoma imzolagan va o‘tgan yil musobaqa g‘olibiga aylangan edi. Bo‘lajak bahslarda hamyurtimizga omad tilaymiz!