Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Saloh suratlari butun xonaga bezak

Saloh suratlari butun xonaga bezak

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik Deyan Lovrenning misrlik Muhammad Salohga muhabbati boshqacha.

U butun uyiga goleador hujumchi suratlarini yopishtirib chiqqan. Hattoki, to‘shagi yopinchig‘iga ham Saloh surati bosilgan. Deyan shuningdek, har tong gazetalarni varaqlab, misrlik futbolchiga taalluqli xabarlar va fotolarni yig‘adi.

Muhammad Saloh 2017 yili «Liverpul» safiga qo‘shilgan payt Deyan Lovren «qizillar» sharafini himoya qilardi. Misrlikning yangi jamoa muhitiga osongina moslashganida Lovrenning xizmati katta. Shu-shu ikkisi kuchli do‘stlik rishtalari bilan bir-biriga mustahkam bog‘langan. Har holda, Lovren 2020 yili «Liverpul» bilan xayrlashgan bo‘lsada, u hamon misrlik hujumchi bilan aloqada.

Muhammad Saloh ham Deyan bilan tez-tez videoaloqaga chiqishini ko‘p bora ta’kidlaydi. Lovren yaqinda tongni qanday qarshi olishi aks ettirilgan videorolikni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Uning qisqacha tafsiloti: ayni payt Rossiyaning «Zenit» klubida o‘ynayotgan Deyan misrlik futbolchi tasviri bosilgan yotoq yopinchig‘i ustidan turadi, shippak, futbolka kiyadi - bu buyumlarda ham «Liverpul» yetakchisi surati. Keyin qo‘liga krujka oladi. Yana o‘sha manzara... Eng muhimi, Deyan krovati tepasida Salohning «MYU» darvozasiga urgan sehrli goli lahzasi tushirilgan katta plakat bor. Ehtimolki, bu xorvatiyalik himoyachining navbatdagi hazilidir, lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, u barchasiga puxta tayyorgarlik ko‘rgani tayin.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 25.11.2022.
O'qildi: 3526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик