Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

JCHda porlayotgan Gakpo qaysi top klubga ko‘proq mos keladi?

JCHda porlayotgan Gakpo qaysi top klubga ko‘proq mos keladi?

Baho:
+ | -

Mavsumning eng sermahsul futbolchisi uchun eng maqbul variant qaysi?

Ayni dam Kodi joriy mavsumda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, "PSV" va milliy terma jamoa safida 16 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hatto Xoland va Neymar, Messi va Mbappe ham bunday «gol plyus pas» statistikasi bilan maqtana olmaydi. Gakpo endi JCH-2022da qutqaruvchilardan biriga aylandi. Gollandiya turnirda ikkita yomon o‘yin o‘tkazdi, ammo hujumchi yordamga keldi. Gakpo Depaydan keyin Gollandiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ketma-ket ikki uchrashuvda gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Ko‘p qirrali hujumchi o‘tgan yozda transfer muhokamasiga sabab bo‘lgandi va hozirda potensial xaridorlar faollashgan. Unga to‘rtta nomzod borligi haqida xabar berildi. Hammasi jiddiy jamoalar, ammo futbolchining ishtahasi bunga yo‘l qo‘yarmikan – Gakponing shartnomasini hamma ham ko‘tara olmaydi, ayniqsa "PSV" JCH-2022da porlagan o‘yinchi uchun qo‘shimcha to‘lovni hisobga olib, 60-70 million yevro so‘rasa kerak.

«Real»

Anchelotti jamoasida Gakpo bilan nima qilish mumkin? Azarning ketishi aniq. Kvarasxeliya tezda «Real»ga o‘tishi dargumon. Rodrigo odamlar o‘ylagandan ko‘ra qimmatroq, ammo esda tutingki, Karim jarohat olgan taqdirda niderlandiyalik futbolchi o‘z ishini ko‘rsatishi mumkin. Biroq ikkalasi ham markaziy hujumchi emas. Van Nistelroy jamoasida Gakpo markazdan ko‘ra chap qanotda ko‘proq o‘ynadi. Va bu yaxshiroq bo‘ldi, chunki u kuchli driblingga ega, to‘pni texnika orqali surishni yaxshi ko‘radi, raqiblar qurshovida jangga kirishni yaxshi ko‘radi. Va shu bilan birga, Kodi o‘zining katta bo‘yi bilan oxir-oqibat munosib markaz hujumchisiga aylanishi mumkin. «Real Madrid» uchun uning nomzodi ustuvor emasligi aniq. Chunki, Vinisius gollandiyalik futbolchi o‘ynashni yaxshi ko‘radigan chap qanotda mustahkam o‘rnini topdi. Lekin Peres Mbappeni olmagan bir paytda shunchaki bir nomzod xolos.

«Liverpul»

Mane ketdi va bu jamoa natijasida ko‘rindi. Premyer-liga jadvalida «qizillar» ancha pastki o‘ringa tushib ketdi. Hujum chizig‘i uchun Darvin Nunyes bilan shartnoma imzolandi va bundan oldin chap tomonga Luis Dias qo‘shib olindi, u darhol ommaga yoqdi. Ammo kolumbiyalik o‘yinning boshlang‘ich darajasini saqlab qola olmadi. Saloh Manesiz va Firminosiz qoldi, chunki Roberto yangi mavsumda darhol «Liverpul»ning markazida o‘ynamadi, Jotaning jarohati jamoaga ta’sir qildi. Yurgen shunchaki yangilikni qidirmoqda. Balki gollandiyalik futbolchi tarkibga yaxshi moslashib ketar. «Liverpul»da niderlandiyalik o‘yinchi bor edi, klub uni yo‘qotib qo‘yganida qadrini angladilar - Veynaldum. Effektiv Mane chap qanotdan markazga o‘tganini hisobga olsak, uning pozisiyasida Gakpo albatta o‘ynay oladi.

«Bavariya»

«Bavariya» yozda Shupo-Moting bilan hujumda qolishga qaror qildi - darvoqe, Erik darhol hujum markazida o‘ynamadi. Kan va Salihamidjich transfer bozorida Levandovskini to‘liq almashtiradigan futbolchini qidirmaslikka qaror qilishdi. Bu tushunarli, Leva juda muhim edi. U qanotlarda Gnabri, Mane, Koman va Sane kabi kuchli futbolchilar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi. Klassik markaziy hujumchini izlash mantiqan to‘g‘ri, chunki Mane, Myuller va Musiala boshqa turdagi futbolchilardir. «Bavariya» Gakpoga pul tikishi dargumon. Kodi hujum markazidan o‘sha qanotga o‘tib, Mane bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi. O‘ttiz uch yoshli kamerunlik Shupo-Moting - bu vaqtinchalik chora, hamma tushunadi. Lekin birinchi navbatda, Nagelsmann kimga qo‘shimcha kuch kerakligini hal qilishi kerak. Ular Gnabrining ketishi haqida gapirishdi, agar Serj ketsa, yangi kelganlar haqida o‘ylashadi.

«Manchester Yunayted»

Kodini Anri bilan taqqoslaganda, bu orzu-havasdek tuyulishi mumkin. U chap qanotda hujum qilishni yaxshi ko‘radi, xuddi buyuk fransuz kabi. Ammo Tyerrining maydonda bo‘lgan ayyorligi Gakpoda takrorlanmaydi. Bir paytlar «Manchester Yunayted» «yangi Anri»ni Marsyalda ko‘rgan edi, ammo fransuz hozir qayerda? U o‘ziga bildirilgan ishonchlarni oqlay olmadi. Benzemaning jarohatidan so‘ng «uch ranglilar» ustozi «Manchester Yunayted»ning markaziy hujumchisini jahon chempionatiga taklif qilishdan bosh tortdi. Ronaldu ketganidan so‘ng, hujumchi Ten Xagga albatta kerak. Gakponing hujum markazida o‘ynay olishi uning "MYU"da o‘ynab keta olishini anglatmaydi. Kodi Fransiya va Braziliyaga emas, Senegal va Ekvadorga gol urdi. Uning o‘yini va jamoadoshlarini payqash qobiliyati hayratlanarli, uning formatidagi har bir o‘yinchi u qadar to‘purar bo‘lolmasligi mumkin. Gollandiyalik uchun eng qulay pozisiya - chap qanot.

Gleyzerlarning yana bir qimmat transferi jamoa uchun ham, futbolchi uchun ham foydasiz bo‘lishini istamaymiz albatta. Shuning uchun "MYU"ga kuchli sport direktori kerak.

Kiritildi: 22:35, 26.11.2022.
O'qildi: 3076 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.