Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

JCH-2022. Argentina Meksika ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

JCH-2022. Argentina Meksika ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati 2-turidan o‘rin olgan bahsda Argentina va Meksika 26 noyabr, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda Argentina to‘pni ko‘proq nazorat qila boshladi. Biroq meksikaliklar himoyada ishonchli harakat qildi. 64-daqiqada Lionel Messi kutilmaganda jarima maydoni tashqarisida zarba berib, gol urdi. 87-daqiqada esa Enso Fernandes argentinaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi va ishonchli g‘alabani ta’minladi.

Shu tariqa, Argentina 3 ochko jamg‘arib, 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Meksika hisobida esa 1 ochko mavjud va 4-pog‘onadan joy olgan.

"C" guruhining ikkinchi o‘yinida Polsha Saudiya Arabistoni ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va guruh peshqadamiga aylandi.

JCH—2022, 2-tur bahsi
26 noyabr, shanba
Argentina — Meksika 2:0
Gollar: 1:0 – 64 Messi, 2:0 – 87 Fernandes.
Argentina: Martines, Montel (Molina, 63), Otamendi, Martines, Akunya, Di Mariya (Romero, 69), Mak Allister (Palasios, 69), De Paul, Rodriges (Fernandes, 57), Messi, Martines (Alvares, 63).
Meksika: Ochoa, Alvares (Ximenes, 66), Moreno, Arauxo, Montes, Galyardo, Guardado (Guterres, 42), Errera, Chaves, Losano (Alvarado, 73), Vega (Antuna, 66).
Ogohlantirishlar: Arauxo (22), Montel (43), Guterres (50), Errera (66), Alvarado (89).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:15, 27.11.2022.
O'qildi: 2656 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик