Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Karim Benzema: «O‘zimga ortiqcha bosim o‘tkazishdan foyda yo‘q...»

Karim Benzema: «O‘zimga ortiqcha bosim o‘tkazishdan foyda yo‘q...»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun favoritlardan biri bo‘lgan Fransiya bilan Qatarga yo‘l olgandi.

Telefoot nashriga bergan intervyusida u katta voqe’lik oldidan his-tuyg‘ulari haqida gapirdi. Biroq, ming afsuski, eski jarohati hali to‘liq tuzalmagan ekan va mashg‘ulotlar payti yana og‘riq sezdi. Natijada «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibini mundialda ko‘rolmaydigan bo‘ldik. Shunday bo‘lsada, Karim Mustafoning JCHdan umidlarini e’tiboringizga havola etdik...

- «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritishingizni bilarmidingiz?

- «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmagunimcha futbol o‘ynashni to‘xtatmoqchi emasdim. Men har doim o‘zimga ishonganman. Qachondir o‘zimning fazilatlarim va ambisiyalarim tufayli uni yutishim mumkinligini bilardim. Shuning uchun ham so‘nggi to‘rt yil davomida bu sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qildim.

- Krishtianu Ronaldu ushbu sovrin bilan sizni tabrikladimi?

- Yo‘q hali tabriklamadi.

- «Real»ning oxirgi ko‘plab uchrashuvlarini o‘tkazib yubordingiz. Ish qilib jahon chempionatida o‘sha barchamiz bilgan Karim Benzemani ko‘ramizmi?

- Men yaxshiman. Biroz jiddiy bo‘lmagan jarohatim bor edi, lekin juda bunchalik ko‘p o‘yinlar uchun bu normal holat. O‘zimga g‘amxo‘rlik qildim: formada bo‘laman va terma jamoada bo‘laman. Shunday ekan, hech qanday muammo yo‘q. Endi diqqatimni jamlab nima qilishim kerakligiga e’tibor qarataman. Noqulaylik bor edi: o‘ynay olardim, faqat 100 foiz kuch bilan emas. Endi esa maydonga chiqishim bilan borimni berib o‘ynayman. Jismoniy jihatdan yaxshi ishlayapman, shuning uchun tashvishlanishga hojat yo‘q.

- Bunga tig‘iz taqvim sababmi?

- Biz futbol o‘ynashni yaxshi ko‘ramiz. Muammo shundaki, biz mashina emasmiz. Siz har doim 100 foizga tayyor bo‘lishingiz va har uch kunda o‘ynashingiz kerak. Qaysidir lahzada jarohatlar sodir bo‘ladi - bu normaldir.

- Ikkinchi mundialdan nimani kutyapsiz?

- Ko‘p g‘urur, quvonch, biz jahon chempionati nimani anglatishini bilamiz. Turnir boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman.

- Turnirda barcha Fransiyaga favoritlaridan biri sifatida qaraydi...

- Barcha fransuzlar bir xil fikrda: qog‘ozda biz eng zo‘rmiz («D» guruhida). Biz qo‘rqmasligimiz kerak, chunki jamoada iqtidorlar ko‘p. Futbol har doim bir xil: maydonda 11 kishiga qarshi 11 kishi o‘ynaydi. Shuning uchun biz ambisiyali bo‘lishimiz, raqibimizni hurmat qilishimiz va uchchala o‘yinda ham g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak.

- Umuman chempionatda g‘alaba qozonish uchun asosiy favoritlar kimlar?

- Bosh favoritlarmi? Braziliya favorit, lekin Argentina, Ispaniya, Fransiya kabi. Biz favorit ekanligimizni baralla aytishimiz va g‘alaba qozonishni xohlayotganimizni ko‘rsatishimiz kerak.

- Jahon chempionati oldidan qandaydir bosim his qilyapsizmi?

- Stress yo‘q, aksincha boshlash, ishtirok etish istagi bor. Ushbu voqeani kutayotgan millionlab odamlar oldida maydonda nima qilishimiz mumkinligini ko‘rsatish. Mana, men Fransiya terma jamoasi safida bo‘lishga loyiq ekanligimni isbotlab, mamlakat nomidan qatnashyapman.

- Fransiyaning jahon chempionligini himoya qila olishiga ishonasizmi?

- Shubhasiz, hamma kabi, lekin o‘zimga: «Men jahon chempionatida o‘ynashni xohlayman va unda g‘alaba qozonishim kerak», demayman. Men yolg‘iz o‘ynamayman, shuning uchun o‘zimga ortiqcha bosim o‘tkazishdan foyda yo‘q.

- Jahon chempionati oldidan «Oltin to‘p»ga sazovor bo‘lganligingiz qo‘shimcha motivasiya beradimi?

- Bundan ham yaxshiroq. Bu men qilgan barcha ishlarni ko‘rsatadi. Nima uchun sovringa loyiq ekanligimni isbotlashimga imkon beradi.

- Benzema, shubhasiz zamonamiz yoshlari uchun haqiqiy namuna bo‘la oladigan yetuk futbolchilardan biri...

- Men o‘sha yoshlarning vakiliman va nafaqat tumanlardan. Shu bois yoshlarga o‘rnak bo‘ldim. Zizu (Zinedin Zidan) bilan namunali bo‘lish va har safar maydonga chiqqanimizda faqat to‘p haqida emas, balki atrofimizdagi hamma narsa haqida o‘ylashimiz haqida gaplashamiz.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 27.11.2022.
O'qildi: 2713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.