Hujumchi Niklas Fyullkrug ancha vaqtdan beri zahiradan maydonga tushganidan so‘ng jahon chempionatida gol urgan birinchi nemis futbolchisi bo‘ldi.
Ispaniyaga qarshi o‘yinda «Verder» futbolchisining aniq zarbasi Xans-Diter Flik jamoasiga 83-daqiqada (1:1) mag‘lubiyatdan qutulib qolishga yordam berdi.
Opta xabariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi safida zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatgan so‘nggi futbolchi Mario Gyotse bo‘ldi, u Argentinaga qarshi 2014 yilgi Jahon chempionati finalida gol urgandi.