Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Ronaldu, Messi, Buskets va boshqalar. Devid Bekxem nima qilmoqchi?

Ronaldu, Messi, Buskets va boshqalar. Devid Bekxem nima qilmoqchi?

Baho:
+ | -

Afsonaviy futbolchi Devid Bekxem "Inter Mayami" klubiga egalik qiladi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, bu jamoa tarkibi yana bir super yulduz bilan to‘ldirilishi kutilmoqda. MLS klubi Lionel Messini sotib olishi mumkin. Messi mavsum so‘ngida erkin agentga aylanadi. Ammo u bu ishni nisbatan tezroq bajarishi mumkin. Ya’ni, Messi qishki transferlar oynasida MLSga yo‘l oladi.

Taxminlarga ko‘ra, "Inter Mayami" klubi Messi bilan birga uning sobiq jamoadoshlari bo‘lgan Luis Suares hamda Sesk Fabregasni ham taklif qilishi mumkin. Rahbariyat bu orqali hozirda Gonsalo Iguain, Blez Matyuidi kabi yulduzlar harakat qilayotgan tarkibida yanada yulduzli qilmoqchi. Klub bosh murrabiyi bo‘lgan Fil Nevill esa hujum uchligida Suares, Messi va Fabregasdan foydalanishni maqsad qilgan.

Devid Bekxem bu bilan to‘xtab qolmoqchi emas. U hozirda erkin agentga aylangan Krishtianu Ronalduni ham jalb etishni rejalashtirmoqda. Agarda portugaliyalik Mayami jamoasiga qo‘shiladigan bo‘lsa, u Luis Suares bilan tandem hosil qiladi.
Shu bilan birgalikda, "Barselona" yulduzi Serxio Buskets ham "Inter Mayami" nishoniga aylangan. Buskets kelajakda Fabregas bilan yarim himoyani egallaydi. Shunday qilib, Messining MLSga o‘tish qarori, uni Ronaldu, Suares, Buskets, Fabregas kabi mega yulduzlar bilan birlashtiradi. Buni ko‘rish, futbol muxlislari uchun ham qiziq bo‘lar edi...

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 14:47, 28.11.2022.
O'qildi: 2359 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик