Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Gari Nevill: "MYU" sotilmasa, "Liverpul"ga yo‘l yo‘q".

Gari Nevill: "MYU" sotilmasa, "Liverpul"ga yo‘l yo‘q".

Baho:
+ | -

Angliyaning "MYU" va "Liverpul" klublari so‘nggi haftalar davomida o‘zlarining amerikalik egalari tomonidan sotuvga qo‘yildi. Endilikda, ushbu jamoalarga yangi xaridor chiqishi kerak. Yaqin yillar davomida "MYU"ga qaraganda, "Liverpul"ning muvaffaqiyatlari ko‘proq edi. Yurgen Klopp jamoani ko‘p narsaga erishtirdi. Shunga qaramay, sobiq "MYU" futbolchisi Gari Nevill "Liverpul"ni mahsulot sifatida ikkinchi o‘ringa qo‘yadi. Uning fikriga ko‘ra, ehtimoliy xaridorlar, avvalo, "MYU"ga e’tibor qaratishadi. Quyida Nevillning bu boradagi fikrlari bayon etiladi.

"Agarda ingliz futbolini bir baland inshoat deb hisoblaydigan bo‘lsak, uning eng tepasida, shubhasiz, "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" turadi. Men "Liverpul"ga hurmatni saqlagan holda aytishim kerakki, "MYU"ning umumiy mavqeyi dunyo miqyosida "Liverpul"nikidan ko‘ra balandroq. Shunday ekan, sotuvga kelganda, xaridorlar, avvalo, "MYU"ga e’tibor qaratishadi deb o‘ylayman. Manchester jamoasi sotilmaguniga qadar, "Liverpul" kutib turishga majbur bo‘ladi. Mabodo, dunyoning qaysidir chekkasida "Liverpul"ning o‘ta boy bo‘lgan yangi xaridori chiqib qolmasa, albatta.

Meni tarafkashlikda ayblamang. Ha, men "MYU"chiman. Ammo siz ham har ikki klubni mulk sifatida, iqtisodiy jihatdan olib qaraganingizda, "MYU"ni tanlagan bo‘lardingiz. Bilaman, hozirda "Liverpul"ning darajasi va mavqeyi balandroq. Lekin siz "Manchester Yunayted"ning ko‘lamini ko‘zdan qochirmasligingiz kerak. Aytganimdek, moliyaviy jihatdan "MYU", xaridorlar uchun foydaliroq tanlov bo‘ladi. Menimcha, har ikki klub ham maydonda va uning tashqarisida birdek darajada tursa, "MYU"ning salobati yaqqol namoyon bo‘ladi".

Elsatib o‘tamiz, "MYU" uchun ko‘plab boylar qiziqish bilan qaramoqda. Ular ichida Buyuk Britaniyaning mashhur kishisi Ser Jim Retkliff, "ZARA" asoschisi Amansio Ortega hamda "Apple" kompaniyasi mavjud.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:37, 28.11.2022.
O'qildi: 4100 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик