Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jamoadoshi Eden Azarning formasi haqida fikr bildirdi.
"Qiyin davrdan keyin Azar yaxshilanib bormoqda. U formada edi, lekin oxirgi paytlarda o‘ynamadi. Bu juda qiyin vaziyat, ammo bu turnirdan keyin u yaxshilanadi", - dedi de Bryuyne Sky Sports nashriga.