Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

JCH-2022. "A" va "B" guruhi ishtirokchilarining pley-offga chiqish imkoniyatlari qanday?

JCH-2022. "A" va "B" guruhi ishtirokchilarining pley-offga chiqish imkoniyatlari qanday?

Baho:
+ | -

Qatarda o‘tayotgan mundial avj pallasiga chiqmoqda. Bugun "A" va "B" guruhlarida so‘ngi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Har bir jamoa pley-offga chiqishni istaydi va bu uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Quyida esa qaysi terma jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati borligi haqida to‘xtalamiz. 

29 noyabr kuni JCH-2022 guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Dastlabki ikki turda to‘rt ochko jamg‘argan Niderlandiya va Angliya hali ham 1/8 finalga yo‘llanmani kafolatlay olmagan. 

"A" guruhi

Niderlandiya: Pley-offga chiqish uchun jamoa Qatar bilan kamida durang o‘ynashi kerak. Mag‘lubiyatga uchragan taqdirda, Ekvador Senegal ustidan g‘alaba qozonsagina «apelsinlar» guruh bosqichidan chiqadi, aks holda gollar farqini hisoblab chiqishi kerak.

Ekvador: 1/8 finalga chiqish uchun janubiy amerikaliklarga Senegalga yutqazmaslik kifoya. Ammo mag‘lubiyat deyarli ularning imkoniyatini nolga tenglaydi, chunki ular pley-offga chiqishi uchun Qatar Niderlandiyani yirik hisobda taslim etishi kerak bo‘ladi. 

Senegal: Afrikaliklar Ekvadorni mag‘lub etishsa, pley-offga yo‘l olishadi va yutqazsalar turnirni tark etishadi. Niderlandiya Qatarga yutqazsagina, durang Senegalni qoniqtirishi mumkin, ammo bu holatda ham gollar farqini hisobga olish kerak.

Qatar: turnir mezbonlari uchun hammasi oddiy – ular Niderlandiya bilan so‘nggi o‘yinni o‘tkazib, chempionatni tark etishadi.

"B" guruhi

Angliya: 1/8 finalga chiqish uchun Garet Sautgeyt jamoasi Uelsga to‘rtta gol farqi bilan yutqazmasligi kifoya. Agar sensasiya bo‘lsa, u holda Eron - AQSH o‘yinida durang qayd etilgan taqdirdagina britaniyaliklar keyingi bosqichga chiqadi.

Eron: AQSH ustidan qozonilgan g‘alaba Osiyo termasining pley-offga chiqishini, mag‘lubiyat esa turnirdan tushib ketishini anglatadi. Agar durang bo‘lsa, Uels Angliyani yarik hisobda yutib qo‘ymasa Eron keyingi bosqichda. 

AQSH: amerikaliklar uchun hamma narsa oddiy – ular Eronni mag‘lub etishsagina 1/8 finalga chiqishadi va boshqa ssenariyda turnirni tark etishadi.

Uels: Garet Beyl va uning jamoasi uchun pley-offga chiqish juda qiyin bo‘ladi. Asosiy shart - bu Angliya ustidan g‘alaba qozonish. Shu bilan birga, Eron – AQSH o‘yinida durang qayd etilgan taqdirdagina uch to‘p farqi bilan g‘alaba ularni keyingi bosqichga olib chiqadi. Va faqat 4:0 va undan kattaroq hisobda g‘alaba qozongan taqdirda, uelsliklarni parallel o‘yin natijasi qiziqtirmaydi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 14:23, 29.11.2022.
O'qildi: 2929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.