«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatining guruh bosqichi dastlabki 2 tur yakunlari bo‘yicha eng kuchli hujumchilar nomini aytdi.
Ispaniyalik mutaxassisning fikriga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi forvardi Risharlison ushbu nomga munosib.
Eslatib o‘tamiz, Risharlison Serbiyaga qarshi o‘yinda (2:0) ikkita gol muallifiga aylandi. Unig transfer narxi 50 million yevroga teng.