Yarim himoyachi Enso Fernandes Argentina terma jamoasi safida Lionel Messidan keyin maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi, deb xabar beradi Opta Sports. Jamoa JCH-2022 guruh bosqichi 3-turida Polshani yengdi - 2:0.
Enso Fernandes hozirda 21 yoshu 317 kunlik. 2006 yilda Messi argentinaliklar safida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushdi. O‘shanda u 18 yoshu 362 kunlik edi.