Portugaliya futbol federasiyasi milliy terma jamoa himoyachisi Nunu Mendeshning JCH-2022da boshqa ishtirok etmasligini tasdiqladi.
Futbolchi JCH-2022 guruh bosqichining Urugvayga qarshi o‘yinida (2:0) so‘nggida son qismidan jarohat olgan edi. Biroq Mendesh milliy terma jamoaning Qatardagi joylashgan joyida qoladi va u yerda tiklanish jarayonini davom ettiradi.
Avvalroq futbolchi 2023 yilning yanvarigacha maydonga tushmasligi xabar qilingandi.