Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

"Atletiko" qishda sotiladigan Feliksga narx belgiladi

"Atletiko" qishda sotiladigan Feliksga narx belgiladi

Baho:
+ | -

"Atletiko" Joau Feliksni qishda faqat 100 mln yevroga sotishga rozi bo‘ladi.

AS xabariga ko‘ra, futbolchi qishki transfer oynasida Madrid klubini tark etmoqchi. 2019 yil yozida futbolchi uchun 127 million yevro to‘lagan “Atletiko Madrid” uni 100 million yevroga sotishga rozi bo‘ladi.

Feliksga “Manchester Yunayted”, “Bavariya” va “PSJ” katta qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi o‘tgan yozda Joau uchun "Atletiko"ga 130 million yevro taklif qilgan, ammo rad javobi berilgandi. Parijliklar qanot hujumchisi bilan "PSJ"ning futbol bo‘yicha maslahatchisi Luish Kampush orqali aloqa o‘rnatishgan.

Xabar qilinishicha, Robert Levandovski "Barselona"ga ketganidan keyin «Bavariya» Feliks uchun 100 million yevro taklif qilgan, biroq «Atletiko» rad javobini bergan.

23 yoshli futbolchi joriy mavsum “Atletiko” safida 18 o‘yinda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2022 yilgi jahon chempionatida u Portugaliya terma jamoasi safida 2 ta o‘yinda 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 18:51, 01.12.2022.
O'qildi: 5563 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик