Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

To‘psiz qurilgan futbolda Maunt istalgan murabbiy uchun kalit figura!

To‘psiz qurilgan futbolda Maunt istalgan murabbiy uchun kalit figura!

Baho:
+ | -

«Chelsi» butun shonli tarixi davomida bir necha marta omadsiz davrlarni boshidan kechirishiga to‘g‘ri keldi. Biroq 2019-2020 yilgi mavsumdan boshlab jamoa o‘yiniga yana barqarorlik qayta boshladi, bunda klubning yorqin iste’dodlaridan biri bo‘lgan Meyson Mauntning xizmati katta. O‘sha paytdan boshlab jamoa bosh postiga kelgan 3 xil turli murabbiy qo‘l ostida ham Meysonga ishonch bildirilishida davom etdi.

Shundan kelib chiqib muxlislarda savol tug‘ilishi mumkin - o‘zi Maunt «Chelsi» uchun nima qildiki, maqtovlarga loyiq ko‘rilsa?

Lempard va Tuxel davrini qo‘shib hisoblaganda Meyson «ko‘klar» libosida jami 30 marta maydonga tushgan, biroq Potter klubga kelgach, unga deyarli har bir liga o‘yinida imkon berilmoqda.

Xo‘sh uning murabbiylar ishonchiga kirish siri nimada?

Yuqori moslashuvchanlik

Lempard qo‘l ostida (4-3-3) futbolchi asosan chap qanot vingeri sifatida faoliyat olib borgan, ayrim bahslarda sof hujumchi ortida ham harakat qilgan (4-2-3-1). Keyinchalik esa 3-4-3ni ko‘proq qo‘llovchi Tuxel qo‘l ostida esa u asosan hujum zonasida o‘ynadi, triolarning muhim qismiga aylandi. Bir so‘z bilan aytganda nemis mutaxassisi ingliz futbolchisining kreativligidan kelib chiqib, uni turli formatlarga solib ketaverdi. Shu sababli Meyson pressingni erta qabul qilishi uchun markazga ham qo‘yildi.

U 4-2-2-2 sxemasida o‘ng qanot vingeri bo‘lib ham harakat qila oladi. Menimcha, Mauntning ko‘p funksiyalilik qobiliyati unga sermahsullikda ko‘p imkoniyatlar beradi. Grem Potter esa ma’lumki, bir xil standartda o‘yin namotish etmaydi. Maunt uning davrida o‘ng qanot hujumchisi, 4-4-2da esa markaziy hujumchi sifatida faoliyat yuritadi. Ushbu ijrolardan ham ko‘rinib turibdiki, Tuxel hamda Potter kabi rotasiyani xush ko‘ruvchi murabbiylar uchun Maunt ayni muddao. Bundan tashqari yuqori texnik imkoniyatlar hamda kuchli atletizm to‘p uchun kurashda Meysonga qulayliklar yaratadi. Maunt 3 mavsum davomida jami 24 ta gol urdi. Xavfli vaziyatlar yaratishdan tashqari u to‘psiz ham pressingda yaxshi ishlaydi, mobillik yuqori. To‘psiz o‘yinni nazorat qilishda bugungi 3 himoyachi bilan o‘ynovchi klublar uchun Maunt kalit futbolchidir.

 

Yusufbek Saydaliyev

Kiritildi: 16:32, 02.12.2022.
O'qildi: 1627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.