"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jamoada ishlash muhimligi haqida gapirdi.
“Men uchun maydonda aqldan ozgandek yugurishdan, gol nishonlashdan kattaroq quvonch yo‘q.
De Bryuyne to‘pga ega bo‘lganida, men [maydonning] qarama-qarshi tomonida, kerakli joyda va kerakli vaqtda bo‘lishim kerak, shunda u menga aniq uzatma bera oladi.
Buni taxmin qilish va ular maydonning ma’lum bir qismida to‘pga ega bo‘lganda nima qilish kerakligini bilish uchun ko‘p mashq qilish kerak ", dedi Xoland.