Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Matonatli amputant futbolchilarimizga Prezident sovg‘asi — «Cobalt» mashinasi topshirildi (foto)

Matonatli amputant futbolchilarimizga Prezident sovg‘asi — «Cobalt» mashinasi topshirildi (foto)

Baho:
+ | -

Bugun Milliy Paralimpiya qo‘mitasida amputant futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Odil Abduraxmanov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov, futbol bo‘yicha O‘zbekiston amutantlar terma jamoasi vakillari ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimi avvalida Adham Ikramov Prezidentimiz aholining turli qatlamlari, xususan, imkoniyati cheklangan vatandoshlarimizga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligini bu yilgi Xalqaro nogironlar kunining o‘zgacha qarshi olinayotganidan ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

Rasmiylar terma jamoaning qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan yana bir bor qutlab, ulardan kelgusida ham ulkan g‘alabalar kutib qolishlarini bildirishdi. Shuningdek, amputant futbolchilarimizning bunday rag‘batlantirilishi imkoniyati cheklangan boshqa hamyurtlarimizning sport bilan shug‘ullanishlari uchun katta motivasiya bo‘lishini alohida ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng tadbirning eng kulminasion nuqtasiga o‘tildi. Unda qahramon sportchilarimizga Prezident sovg‘asi – «Cobalt» mashinalari tantanali ravishda topshirildi.



Shubhasiz, bunday e’tibordan amputant futbolchilarimizning quvonchi cheksiz. Ular davlatimiz rahbariga ko‘rsatilgan ushbu g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishga va’da berishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 15:35, 03.12.2022.
O'qildi: 4309 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик