Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Jahon chempionatida qanday rekordlar yangilanishga ulgurdi?

Jahon chempionatida qanday rekordlar yangilanishga ulgurdi?

Baho:
+ | -

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining guruh bosqichi yakunlandi. Endi biz turnirning 1/8 finali va pley-offning barcha juftliklarini bilib oldik. O‘tkazilgan 48 ta o‘yin natijalari sarhisob qilinmoqda. Sizning e’tiboringiz - ushbu jahon chempionatida allaqachon o‘rnatilgan rekordlarni taqdim etamiz.

Tarixda birinchi marta jahon chempionatida birinchi gol penaltidan kiritildi

Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi ochilish uchrashuvida Enner Valensiya 16-daqiqada penaltini golga aylantirib, hisobni ochdi. Ekvadorliklar uchun bu 11 metrlik jahon chempionatlarida birinchi hisoblanadi.

Qatar turnirning ochilish o‘yinida mag‘lub bo‘lgan birinchi jahon chempionati mezbon davlatidir

JCH-2022 ochilish uchrashuvida Qatar Ekvadorga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Senegal (1:3) va Niderlandiyaga (0:2) mag‘lub bo‘lgan qatarliklar guruh bosqichida ochko to‘plamagan birinchi mezbon davlatga aylandi, shuningdek, mezbonlar uchun bu bosqichda o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha antirekord ham o‘rnatdi.

Jud Bellingem 2000 yildan keyin dunyoga kelib, jahon chempionatida gol urgan birinchi futbolchidir

19 yoshu 145 kunlik bo‘lgan angliyalik yarim himoyachi Eron darvozasiga gol urdi. Oldingi rekord Maykl Ouyenga tegishli.

Jahon chempionati tarixidagi eng uzoq davom etgan o‘yin – 117 daqiqa-yu 16 soniya

Angliya va Eron terma jamoalari jahon chempionati tarixidagi eng uzun o‘yinni qo‘shimcha vaqtsiz o‘tkazishdi. Uchrashuv bosh hakami Rafael Klaus birinchi bo‘limga 14 daqiqa, ikkinchi bo‘limga 10 daqiqa qo‘shib berdi. Natijada butun o‘yin davomida jamoalar maydonda 117 daqiqa 16 soniya vaqt o‘tkazishdi. Avvalgi rekord JCH-1994da Janubiy Koreya – Boliviya uchrashuvida qayd etilgan (103:56).

Lionel Messi to‘rtta mundialda gol urgan birinchi argentinalik

Argentina terma jamoasi sardori 2006, 2014, 2018 va 2022 yillardagi jahon chempionatlarida o‘zini ko‘rsatgan. Leo to‘rtta turnirda gol urgan birinchi argentinalik bo‘ldi. Lionel Messi mundialdagi debyut golini 16 yil oldin - 2006 yilning iyunida Serbiya darvozasiga urgan edi.

Polsha jahon chempionatida ketma-ket uchta penaltini golga aylantirmagan tarixdagi birinchi jamoa bo‘ldi

Polsha Meksika bilan durang o‘ynadi (0:0). Uchrashuvning 58-daqiqasida Robert Levandovski penaltidan foydalana olmadi. Gilermo Ochoa zarba yo‘nalishini taxmin qildi va goldan jamoasini saqlab qoldi.

Jon Xerdman tarixda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida ishlagan birinchi murabbiydir

Kanada bosh murabbiyi Jon Xerdman erkaklar terma jamoasidan oldin Yangi Zelandiya (2007 va 2011 yilgi jahon chempionatlari) va Kanada (2015 yilgi jahon chempionati) ayollar terma jamoalarini boshqargan.

Krishtianu Ronaldu beshta jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi

Portugaliyalik bu ko‘rsatkich bo‘yicha Lionel Messi, Miroslav Kloze, Pele va Uve Silerni ortda qoldirdi. Ularning barchasi to‘rtta jahon chempionatida gol urishgan.

Serbiya jahon chempionatlari tarixida qo‘shib berilgan vaqtda ikkita gol urgan birinchi jamoa bo‘ldi

Serblar Kamerun bilan o‘yinda 2:1 hisobida oldinda bo‘lgan holda tanaffusga chiqdi. 45+1 daqiqada Straxinya Pavlovich va 45+3 daqiqada Sergey Milinkovich-Savich gol urishdi. Serbiya terma jamoasi o‘sha uchrashuvni 3:3 hisobida durang bilan yakunladi.

Braziliya jahon chempionati guruh bosqichida ketma-ket 17 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan birinchi jamoa bo‘ldi.

Guruh bosqichida besh karra jahon chempioni Serbiya (2:0) va Shveysariyani (1:0) mag‘lub etgan bo‘lsa-da, Kamerunga (0:1) imkoniyatni boy berib, muvaffaqiyatli seriyasini yangiladi.

Stefani Frappart erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida bosh hakam sifatida ishlagan birinchi ayol

Fransuz 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan va nemislarning g‘alabasi (4:2) bilan yakunlangan Kosta-Rika - Germaniya uchrashuviga tayinlangan edi. Frappart o‘yinda bitta sariq kartochka ko‘rsatdi.

Leo Messi jahon chempionatlarida ishtirok etish bo‘yicha Argentina rekordini o‘rnatdi

Argentina terma jamoasi sardori jahon chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u jahon chempionatida 21ta o‘yin o‘tkazgan Diyego Maradona rekordini yangiladi.

Saudiya Arabistoni jahon chempionati guruh bosqichida sariq kartochka olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Jamoa JCH-2022 uchun 14 ta ogohlantirish oldi: oltitasi Argentina bilan, ikkitasi Polsha bilan va oltitasi Meksika bilan o‘yinlarda.

Marokash Afrika jamoalari o‘rtasida ochko to‘plash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Marokashliklar JCH-2022 guruh bosqichida yetti ochko to‘plashdi. Bunday natijaga avval hech bir Afrika jamoasi erishmagan edi.

Manuel Noyer jahon chempionatida darvozabonlar rekordini o‘rnatdi

Germaniya terma jamoasi darvozaboni jahon chempionatlarida 19 marta maydonga tushgan. Hozircha oxirgisi - Kosta-Rika bilan uchrashuv. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Noyer Klaudio Taffarela (18), Zepp Mayer (18), Piter Shilton (17), Iker Kasilyas (17), Dino Zoff (17) va Fabiyen Bartezni (17) ortda qoldirdi.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 16:29, 03.12.2022.
O'qildi: 3123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.