"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich mashg‘ulotlarga qaytdi. Goal portalining xabar berishicha, shvesiyalik futbolchi kelasi dushanba kuniyoq jamoa mashg‘ulotlarida qatnashishi mumkin bo‘ladi.
2022/2023 yilgi mavsumda Zlatan Ibrahimovich hali maydonga tushmadi. May oyida tajribali hujumi tizzasidan operasiya qilinganidan so‘ng, u hozir tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi.
Oktyabr oyida Zlatan Ibrahimovich o‘zining 41 yoshini nishonladi. Shvesiyalik hujumchining "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Mavsumning birinchi davrasidan so‘ng, "Milan" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.