Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Qatar-2022. Guruh bosqichidagi besh "afsus". Kimlar pley-offga loyiq edi?

Qatar-2022. Guruh bosqichidagi besh "afsus". Kimlar pley-offga loyiq edi?

Baho:
+ | -

Jamal Musiala

Ko‘plar Germaniyaning guruh bosqichida qolib ketganini tanqid ostiga oldi. Bunga nemis muxlislarining haqqi bor. Ammo bu jamoaning bir a’zosi borki, u guruhdan qaytishga loyiq emasdi. Jamal Musialaning Qatar maydonlarida ko‘rsatgan o‘yinlari tahsinga sazovardir. 19 yoshli yarim himoyachi Kosta-Rika bilan bahsda 12 marta dribling ijro etgandi. Turnirni tark etishdan oldin Germaniya termasi ustozi Xans-Diter Flik shunday degandi: "Jamalning bugungi ko‘rsatgan o‘yiniga aql-bovar qilmaydi. Shunday futbolchining turnirdan ketayotgani achinarli. U fantastik o‘yinchi".

Enner Valensiya

Musialaku, hali yosh. Uning oldida ko‘plab turnirlar kutib turibdi. Ammo Ekvador terma jamoasining fenomenal hujumchisi Valensiya haqida bunday deya olmaymiz. U o‘z faoliyatidagi, balki, eng so‘nggi katta turnirda ishtirok etgandir. Valensiya allaqachon turnirni o‘z uyidan kuzata boshlagan. Ammo u Qatardagi chempionatning eng yaxshilaridan biriga aylana oldi. U A guruhidagi o‘yinlarda 3 ta gol urishga erishgandi. Uning harakatlarida 2,27 ochkolik ehtimoliy gol urish imkoniyati bor edi. Ekvadorlik hujumchi erta ketishga loyiq emasdi. Buni uning "Fenerbaxche"dagi o‘yinlari ham ko‘rsarib turibdi (15 ta gol).

Luis Chaves

Meksika terma jamoasi safidagi eng yorqin o‘yinchilar ichida Edson Alvares va Luis Chaveslar ajralib turdi. Xususan, Chavesning Saudiya Arabistoni darvozasiga jarima zarbasidan kiritgan goli mundialning eng chiroyli ijrolaridan biriga aylandi. Futbolchining o‘zi ushbu o‘yindan keyin shunday degandi: "Men juda ham xafaman. Biz jamoa sifatida yetarlicha harakat qilmadik. Balki, bizda yetarlicha xohish bo‘lmagandir, bilmadim. Ammo Jahon chempionatini o‘ta yomon tarzda tark etyapmiz". Chavesning o‘yinlari "Bayer Leverkuzen"da qiziqish uyg‘ota boshlagan. Yanvarda nemis klubi uni mahalliy "Pachuka" jamoasidan sotib olishga tayyorligi aytilgan.


Muhammad Al-Uvais

31 yoshli darvozanonning harakatlari fantastik darajada ajoyib edi. Uning qahramonana seyvlari sababli arabistonliklar Argentinani mag‘lubiyatga uchratgan. Shuningdek, Al-Uvais Meksika bilan ham zo‘r o‘ynadi. Garchand uning jamoasi o‘sha o‘yinni boy bergan bo‘lsada, Al- Uvais bo‘lmaganida hisob yirikroq ko‘rinish olgan bo‘lardi.

Mehdi Taremi

Eronning Qatardagi sarguzashtlari tez poyoniga yetdi. Afsuski, biz bu jamoa futbolchilarini vataniga qaytganida nimalar kutib turganini bilmaymiz. Chunki ular turnirning ilk bahsida davlat madhiyasini ijro etmadi. Shu sababli hukumat futbolchilar va ularninh oilasini bosim ostiga olgan. Shunday muammolar borligiga qaramasdan, Taremi o‘z jamoasiga guruh bahslarining qolga ikki o‘yinida katta yordam berdi. "Portu" hujumchisi bunday o‘yinlari bilan Qatarda qolishga loyiq edi. Biroq, buning iloji yo‘q.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 13:23, 04.12.2022.
O'qildi: 3103 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.