Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Qatar-2022. Jahon chempionligi uchun favorit jamoalar beshligi

Qatar-2022. Jahon chempionligi uchun favorit jamoalar beshligi

Baho:
+ | -

Jahon chempionatidagi jamoalar soni birin-ketin kamayib bormoqda. Ammo musobaqa avvalida aytilgan Braziliya nomi o‘zining favoritlik maqomini saqlab qoldi. Argentinaning esa ketib qolishiga bir bahya qoldi. Shuningdek, kutilmaganda Daniya, Germaniya va Belgiya termalari musobaqani tark etdi. Quyida chempionlik uchun eng jiddiy da’vogar jamoalar eslab o‘tiladi.

1. Braziliya

Har doim favoritlar qatorida e’tirof etiladigan bu yurt, so‘nggi ikkita o‘nyillikda mundialning finallarigacha chiqib bora olmayotgan edi. 2002 yildan beri Braziliya faqat bir marta chorak-final to‘sig‘idan o‘ta olgan xolos. Tite shogirdlari nimchorak bosqichida qiynalmasligi taxmin qilingan. Garchand jamoaning muhim a’zolari bo‘lgan Neymar va Jezus jarohat olgan bo‘lsada, zaxirada yetarlicha futbolchilar bor. Braziliya bu safar 20 yil deganda Yevropaning dominantligiga barham berishi mumkin.

2. Argentina

Messiga eng so‘nggi imkoniyati aynan Qatardagi mundial taqdim etadi. Argentinada yoshlar va tajribali futbolchilardan tuzilgan yaxshi tarkib mavjud. Jamoa 2019 yildan beri biror bir o‘yinda mag‘lubiyatga uchramay kelayotgandi. Ammo bu seriyani Jahon chempionatida Saudiya Arabistoni buzdi. Aslida bu mag‘lubiyat jamoa foydasiga ishlagan ekan. Negaki, guruhda ikkinchi o‘rinni olish, Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentinani Fransiyaga qarshi chiqishdan asrab qoldi va Avstraliyaga ro‘baro qildi. Osiyo qit’asi vakiliga qarshi bahs Messi va sheriklariga qiyinchilik tug‘dirmadi. Endi ularni chorak finalda Niderlandiya bilan hayot-mamot jangi kutib turibdi.

3. Fransiya

Fransiyaning tarkibi juda ham yulduzli. Avstraliyaning mag‘lubiyatga uchratilishi, shuning uchun ham normal qabul qilindi. Daniya esa ammalab dog‘da qoldirildi. Uchinchi turda Tunisga qarshi kutilmagan mag‘lubiyat yuzaga keldi. Muxlislar hali ham Fransiyaning Qatardagi favorit maqomiga shubha bilan qaraydi. Ko‘ramiz, bugun ular Polsha qarshiligini yenga olarmikin...

4. Ispaniya

"Qizil furiya" hamma uchun birdek favoritdek tuyula boshladi. Chunki jamoada nisbatan bir xil mavqega ega bo‘lgan yosh, lekin talantli futbolchilar ko‘p. Bu jihatdan ispanlar anchagina barqaror sanaladi. O‘tgan yili Yevropa chempionatidagi yarim final hech kimga tatimagan. Ammo bu yurish kelajakdagi furor ko‘tarib qaytishga ishora edi. Shunday bo‘lmoqda ham. Ammo Ispaniya "xavfsizroq" yo‘ldan yurdi. Ular so‘nggi turda Yaponiyaga yutqazish orqali, Xorvatiya changalidan qutilib qoldi.

5. Angliya

Angliya haqida hamma har xil gapiradi. Lekin jamoa – o‘ta yulduzli. Eron va Uels guruhda mag‘lub etildi. AQSH esa durangga rozi bo‘ldi. Ammo 7 ochko hech narsani anglatmaydi. Nimchorak final jamoalarning haqiqiy yuzini ochib beradi. Inglizlarning bu bosqichdagi raqibi esa Afrika chempionlari – Senegal. Agarda bu to‘siq yengib o‘tilsa, keyingi o‘yin, katta ehtimol bilan Fransiyaga qarshi kechadi (yoki Polshaga).

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 18:00, 04.12.2022.
O'qildi: 5487 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.