Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Qatar-2022. Final oldidan final: Angliya va Fransiya tarkibidan tuzilgan ramziy terma jamoa

Qatar-2022. Final oldidan final: Angliya va Fransiya tarkibidan tuzilgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Angliyaning nimchorak finaldagi Senegalga qarshi 3-0 hisobidagi g‘alabasi, musobaqaning keyingi bosqichida "titanlar to‘qnashuvi" bo‘lishini ta’minladi. Chorak finalda inglizlar amaldagi chempion bo‘lmish, Fransiya termasiga qarshi chiqishadi. Didye Desham shogirdlari kuni kecha Polshani 3-1 hisobida mag‘lub etgandi. Ayni damda fransuzlar ikki marta ketma-ket jahon chempioni bo‘lish orzusida yonmoqda. Bu ishni tarixda faqatgina Braziliya va Italiya eplay olgan xolos (1958, 1962; 1934, 1938). Ammo bu yo‘lda to‘siqlar bor. Shulardan biri Garet Sautgeyt boshchiligidagi "Uch sherlar"dir. Ayni damda Angliya ajoyib formada va musobaqa boshlanganidan buyon 12 ta gol urishga erishdi. Bu ish Bellingem, Saka, Foden, Keyn kabi yulduzlar orqali bajarildi. Quyida ingliz va fransuz futbolchilaridan tuzilgan ramziy terma jamoaga e’tibor qaratamiz.

Doimgidek darvozabon nuqtasidan boshlaymiz. Jordan Pikford bu nuqtada tanlab olinadi. "Everton" futbolchisi turnir davomida 3 marta quruq o‘yin o‘tkazdi. Angliya umumiy hisobda ochiq o‘yin amaliyotida raqiblardan faqat bitta to‘p qabul qilib olgan. Fransiyada esa bu statistika yaxshi emas. Lyoris 4 ta o‘yinning birortasini ham quruq yakunlamadi.
Himoya har ikki tomonga teng bo‘linadi. Kayl Uoker chap qanotda harakat qiladi. O‘ng esa Teo Ernandesga topshiriladi. Teo bu o‘rinda Lyuk Shoudan ustun qo‘yildi. Markazdan Dayo Upamekano va Xarri Maguayr joy olgan. Maguayr, kutilganidek, terma jamoa safida o‘zini ko‘rsata olmoqda. Bu orqali u ushbu ramziy terma jamoada o‘zining klubdoshi bo‘lgan Rafael Varandan ustun qo‘yildi.

Yarim himoya uchta pozisiyadan ikkitasini inglizlar egallagan. Deklan Rays va Jud Bellingem ishonchli o‘yinlari bilan turnir davomida porlashni davom ettiradi. Fransiyada Kante va Pogbaning yo‘qligi bu yerda "uch ranglilar"ga pand berdi. Maydon markazining uchinchi vakili Antuan Grizmanndir. U ham xuddi Maguayr kabi, klub va terma jamoada ikki xil ko‘rinishga ega.

Hujumda uchta katta nom mavjud. Shu bilan birga ayrim yulduzlarni tanlash imkoniyati yo‘q. Albatta, bu borada, avvalo, o‘yin sifatiga qaraladi. Mbappe, Keyn, Saka triosi hujumni tashkil etib berishadi. Mbappe joriy mundialning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Keyn esa dunyoning kuchli hujumchisidir. Uning kreativ salohiyatini e’tiborga olmasdan iloj yo‘q. Saka Angliyaning 3 ta goliga mualliflik qildi. Shu sabablar bilan yuqoridagi uchta nom afzal ko‘rildi.


Afsuski, hujumda Dembele, Foden, Koman, Grilish va Reshfordni qo‘ya olmadik. Shuningdek, Olivye Jiru ham Fransiya tarixidagi eng zo‘r to‘purar bo‘lishiga qaramay, ro‘yxatimizdan chetda qoldi.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:47, 05.12.2022.
O'qildi: 2974 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.