Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Rasman! Bundesliga klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Rasman! Bundesliga klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Baho:
+ | -

Bruno Labbadia "Shtutgart" bosh murabbiyiga aylandi.

56 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. U oktyabr oyidan buyon vaqtinchalik bosh murabbiy bo‘lib kelgan Mixael Vimmer o‘rnini egalladi.

Labbadia 2010 yildan 2013 yilgacha "Shtutgart"ni boshqargan. Uning oxirgi ish joyi "Gerta" klubi edi.

"Shtutgart" men uchun oddiy klub emasligini hamma biladi. "Shtutgart"da deyarli uch yil murabbiylik faoliyatimning juda muhim davrini o‘tkazdim va endi "Shtutgart"ni Bundesligada saqlab qolish uchun o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

Biz darhol ishga kirishamiz va 12 dekabr kuni mashg‘ulotlar boshlanishi uchun hamma narsani tayyorlaymiz. Biz jamoaning o‘yin darajasini tezda baholaymiz va muvaffaqiyatga erishish uchun har kuni qattiq va katta mamnuniyat bilan ishlaymiz", dedi Labbadia.

«Shtutgart» 14 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 22:36, 05.12.2022.
O'qildi: 1414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик