Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Yaponiya qadriyati va madaniyati uyg‘un!

Yaponiya qadriyati va madaniyati uyg‘un!

Baho:
+ | -

Yaponiya milliy termasi maydon tashqarisidagi ishlari nuqtai nazaridan shubhasiz, jahonning eng o‘zgacha va alohida jamoasidir.

 Yaponlar har doim ham JCH guruh raundidan o‘tishmaydi, lekin insonlarga munosabat borasida chinakam o‘rnak ko‘rsatishadi. Ular bu masalada haqiqiy chempionlar!

Yaponiya qadriyatlari va madaniyati Qatar mundialida ham e’tibor markazida, albatta. Mana, «samuraylar» turnirga qudratli Germaniya milliy jamoasiga qarshi og‘ir o‘yin bilan kirishdilar va o‘z an’analariga har tomonlama sodiq qolishdi. Birinchidan, Yaponiya milliy termasi futbolchilari o‘yindan oldingi jamoaviy suratga tushish chog‘i birinchi qatorning qoq o‘rtasiga bosh oshpaz Nishi Yoshiteraga joy ajratishdi. E’tiborlisi, bunda jamoaning ovqatlanish tartibiga mutasaddi shaxs qo‘liga sardorlik bog‘ichini ham taqib qo‘yishdi. Bu - futbolda har doim chetda qolib ketuvchi inson xizmatiga e’tibor namunasi. Zero, Yoshitera faoliyati davomida 5-jahon kubogida qatnashmoqda, albatta, «samuraylar» oshpazi rolida.

Ikkinchi tomondan, yaponiyalik muxlislar yuksak madaniyat egasi ekanliklarini namoyish etishmoqda. Ular xususan, Germaniya termasiga qarshi o‘yindan so‘ng butun «Xalifa» stadio­ni tribunalarini tozalab chiqishdan erinishmadi. Xullas, Qatarda Yaponiya qadriyatlari va madaniyati uyg‘un holda ko‘zga tashlanmoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:00, 06.12.2022.
O'qildi: 2336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.