Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari

Tartib-intizom qo‘mitasining qarorlari

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“Navbahor lochinlari” — “Olimpik”

O‘zbekiston Superligasining 23-turidan O‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — “Olimpik” jamoalari O‘rtasidagi bahs yakunlanganidan so‘ng mehmonlar murabbiyi Artyom Davletov hakamlar brigadasi shaʼniga haqoratli so‘zlar ishlatgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Artyom Davletovga (“Olimpik”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qO‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Surxon”

O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “Surxon” jamoalari O‘rtasidagi bahsning 65-daqiqasida mezbonlar vakili Farruh Ikromov gol kiritgach raqib jamoa muxlislari o‘tirgan sektor panjarasiga chiqib, provokasion harakatlar qilgan. Bosh hakam ommaviy tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan mazkur harakatni qizil kartochka bilan jazolagan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga ko‘ra, Farruh Ikromovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Qo‘qon-1912”

O‘zbekiston Superligasining 24-turidan O‘rin olgan “Qizilqum” — “Qo‘qon-1912” jamoalari O‘rtasidagi bahs yakunlanganidan sO‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Davron Fayziyev bosh hakam sha’niga haqoratli sO‘zlar ishlatgan va qizil kartochka bilan jazolangan. Shuningdek, uchrashuvning 90+1 daqiqasida “QO‘qon-1912” futbolchisi Murod Xolmuhammedov “VAR” hakami sha’niga haqoratli sO‘zlar aytgan va u ham maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “QO‘qon-1912” bosh murabbiyi Davron Fayziyevga nisbatan 3 ta, futbolchi Murod Xolmuhammedov nisbatan esa 2 ta O‘yinga chetlatish va jarima intizom chorasi qO‘llanildi.

“Navbahor lochinlari” — AGMK

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan O‘rin olgan “Navbahor lochinlari” — AGMK jamoalari O‘rtasidagi bahsning 9-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Artyom Filiposyan tirsagi bilan raqibining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga kO‘ra, Artyom Filiposyanga (AGMK) nisbatan 3 ta O‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qO‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Paxtakor”

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv — “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari O‘rtasidagi O‘yinning 82-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Abdulloh Omonaliyev raqibining oyoq qismiga qo‘pol tarzda zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Abdulloh Omonaliyevga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta O‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Bundan tashqari, mazkur uchrashuv mobaynida “Paxtakor” jamoasi muxlislari tomonidan “Navbahor lochinlari” va “Nasaf” klubi sha’nini kamsituvchi banner ko‘tarilgan. Bu holat teletranslyasiya vaqtida efir orqali namoyish qilingan.

O‘FA Intizom kodeksiga binoan, jamoa ishqibozlari tomonidan kamsitish tusiga ega matnlar tushirilgan banner namoyish qilinsa, ishqibozlar muxlislik qilgan klubga nisbatan sanksiyalar qo‘llanishi belgilab qo‘yilgan. Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Paxtakor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga

“Sho‘rtan” — “Zomin bo‘rilari”

Pro liganing 23-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” — “Zomin bO‘rilari” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 20-daqiqasida “Zomin bO‘rilari” ma’muri Berdiyor Ma’murov o‘z futbolchilari sha’niga haqoratli sO‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Berdiyor Ma’murovga (“Zomin bo‘rilari”) nisbatan 2 ta O‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Andijon”

Pro liganing 26-turidan O‘rin olgan “Buxoro” — “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 24-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Ahror Inoyatov raqib o‘yinchisiga nisbatan qo‘pol zarba bergani uchun maydondan chetlashtiriladi.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Ahror Inoyatovga (“Andijon”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Sho‘rtan” — “G‘ijduvon”

Pro liganing 26-turidan O‘rin olgan “Sho‘rtan” — “G‘ijduvon” jamoalari o‘rtasidagi bahsning 90+5-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Asiljon Mansurov yiqilib tushadi, raqibi esa unga qo‘l uzatadi. Ushbu holatda Mansurov raqibiga qo‘li bilan zarba beradi va maydondan chetlashtiriladi.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga kO‘ra, Asiljon Mansurovga (“G‘ijduvon”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Birinchi liga

“Paxtakor-79” — “Yunired”

Birinchi liga 24-turidan o‘rin olgan “Paxtakor-79” — “Yunired” uchrashuvining 20-daqiqasida “Paxtakor-79” darvozaboni Abraham Odonkor raqib jamoasi futbolchisi bilan birga bir vaziyatda oyog‘ining tag qismi bilan uning ko‘krak qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abraham Odonkorga (“Paxtakor-79”) nisbatan 3 ta O‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf farm” — “Andijon-2”

Birinchi liganing 25-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Andijon-2” uchrashuvining birinchi bO‘limi yakunlangandan sO‘ng “Nasaf farm” jamoasining futbolchisi Alpomish Mirov yordamchi hakami sha’niga haqoratli sO‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga ko‘ra, Alpomish Mirovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf farm” — “Navbahor farm”

Birinchi liganing 26-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Navbahor farm” uchrashuvning 69-daqiqasida “Nasaf farm” jamoasining futbolchisi Asilbek Umirzoqov bosh hakami shaʼniga haqoratli sO‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan, holat bO‘yicha tegishli chora ko‘rish so‘ralgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asilbek Umirzoqovga (“Nasaf farm”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, uchrashuvining 90+4-daqiqasida mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliyev texnik zonani tark etib, bosh hakamga o‘z e’tirozlarini qO‘pol tarzda bildirgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Eldor Moyliyevga (“Nasaf farm”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Yunired” — “Bunyodkor farm”

Birinchi liganing 26-turi doirasidagi “Yunired” — “Bunyodkor farm” uchrashuvning 54-daqiqasida “Yunired” klubining futbolchisi Asomiddin Mamatov hamda “Bunyodkor Farm” jamoasining futbolchisi Bek Abdullayevlar bir-birlarini sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asomiddin Mamatov (“Yunired”) va Bek Abdullayevning (“Bunyodkor farm”) har ikkisiga nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Nasaf farm” — “Qizilqum farm”

Birinchi liganing 27-turi doirasidagi “Nasaf farm” — “Qizilqum farm” uchrashuvning 57-daqiqasida “Qizilqum farm” futbolchisi Olloyorxon Raupov zaxira o‘rindig‘ida turgan holda bosh hakami sha’niga haqoratli sO‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Olloyorxon Raupovga (“Qizilqum farm”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Do‘stlik-Oltiariq” — “Shahrixonchi”

Birinchi liganing 28-turi doirasidagi “DO‘stlik-Oltiariq” — “Shahrixonchi” uchrashuvning 54-daqiqasida “Shahrixonchi” klubining futbolchisi Jamshid Qobulov oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Jamshid Qobulovga (“Shahrixonchi) nisbatan 2 ta O‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qO‘llanildi.

“Navbahor farm” — “Andijon II”

Birinchi liganing 28-turi doirasidagi “Navbahor farm” — “Andijon II” uchrashuvning 45+2-daqiqasida “Navbahor farm” jamoasining bosh murabbiyi Rashidjon g‘ofurov texnik zonasini tark etib, raqib jamoasining texnik zonasiga kirgani hamda provokasion harakatlar qilgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Rashidjon G‘ofurovga (“Navbahor farm”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Paxtakor-79” — “Nasaf farm”

Birinchi liganing 28-turi doirasidagi “Paxtakor-79” — “Nasaf farm” uchrashuvining 79-daqiqasida “Paxtakor-79” klubining futbolchisi Julius Anani raqib futbolchisining bel qismiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Julius Ananiga (“Paxtakor-79”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qO‘llanildi.

U-21 chempionati

“Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21”

U-21 chempionatining 23-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” — “Olimpik U-21” uchrashuvning 45-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Doniyorbek Mirzaqayumov tirsak qismi bilan raqib O‘yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Doniyorbek Mirzaqayumovga (“Navbahor lochinlari U-21”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

AGMK U-21 — “Dinamo plyus U-21”

U-21 chempionatining 23-turi doirasidagi AGMK U-21 — “Dinamo plyus U-21” uchrashuvining 55-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Abdulaziz Abdurazzoqov raqib O‘yinchisini oyoq qismiga tepganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Abdulaziz Abdurazzoqovga (“Dinamo plyus U-21”) nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi U-21” — AGMK U-21

U-21 chempionatining 24-turi doirasidagi “Neftchi U-21” — AGMK U-21 uchrashuvining 86-daqiqasida “Neftchi U-21” murabbiyi Aziz Alijonov bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Aziz Alijonovga (“Neftchi U-21”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qO‘llanildi.

“Neftchi U-21” — “Surxon U-21”

U-21 chempionatining 26-turi doirasidagi “Neftchi U-21” — “Surxon U-21” uchrashuvi yakunlangandan sO‘ng mezbonlar futbolchilari Jasurbek To‘xtasinov hamda Saidolimxon Saidahrorxo‘jayev hakamlar brigadasining sha’niga haqoratli sO‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, “Surxon U-21” futbolchilari Jasurbek TO‘xtasinov va Saidolimxon SaidahrorxO‘jayevning har ikkisiga nisbatan 3 ta O‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qO‘llanildi.

Ayollar futboli. Oliy liga

“Neftchi-W” — “Metallurg-W”

Ayollar Oliy ligasining 22-turi doirasidagi “Neftchi-W” — “Metallurg-W” uchrashuvining 88-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Sitoraxon Nishonova raqib jamoasi futbolchisini tepgan. “Metallurg-W” jamoasi futbolchisi Rushona Saydabbosova ham raqibiga javoban zarba bergan. Bosh hakam har ikkala futbolchi maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Sitoraxon Nishonova (“Neftchi-W”) va Rushona Saydabbosovaning (“Metallurg-W”) har ikkisiga nisbatan 3 ta O‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qO‘llanildi.

Futzal. Oliy liga

AGMK — “Nasaf”

Futzal Oliy ligasining 3-turi doirasidagi AGMK — “Nasaf” uchrashuvining 33-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Xurshid Rahmonov O‘yin tO‘xtatilgan vaqtda O‘zini agressiv tutib, raqib futbolchisini tepmoqchi bO‘lgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvda AGMK jamoasi futbolchisi Abbosbek O‘lmasbekov raqib jamoasi futbolchisiga javoban bO‘yin qismidan uni bO‘g‘ganligi uchun O‘yindan chetlashtirilgan.

Bundan tashqari, AGMK murabbiyi Nikolay Odushov hakamning qaroriga norozilik bildirib, tajovuzkor harakat qilgan va maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, AGMK vakillari Abbosbek O‘lmasbekov, Nikolay Odushov hamda “Nasaf” futzalchisi Xurshid Rahmonovga nisbatan 3 ta O‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qO‘llanildi.

“Maksam Chirchiq” — “Bunyodkor”

Futzal Oliy ligasining 3-turi doirasidagi “Maksam Chirchiq” — “Bunyodkor” uchrashuvining 40-daqiqasida mehmonlar vakili Jasur Sodiqov ikkinchi sariq kartochka olib maydondan chetlashtirilgan va uchrashuv yakunlangandan so‘ng hakamlar brigadasi sha’niga haqoratli sO‘zlar ishlatgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Jasur Sodiqovga (“Bunyodkor”) nisbatan 3 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qO‘llanildi.

“BMB” — “Lokomotiv”

Futzal Oliy ligasining 3-turi doirasidagi “BMB” — “Lokomotiv” uchrashuvining 39-daqiqasida mezbonlar vakili Davron Choriyev uchrashuv tO‘xtatilgan vaqtda qo‘lining kaft qismi bilan raqib jamoasi futbolchisining yuz qismiga zarba bergan. Bosh hakam mazkur vaziyat uchun uni maydondan chetlashtirgan.

Tartib-intizom qO‘mitasining qaroriga kO‘ra, Davron Choriyevga (“BMB”) nisbatan 3 ta O‘yinga diskvalifikasiya qilish intizom chorasi qO‘llanildi.

Kiritildi: 14:39, 06.12.2022.
O'qildi: 1767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.