Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Suares uslubida gol nishonlashi, «Benfika»dagi raqobat — Ronalduga yangi o‘rinbosar bo‘lgan Ramush!

Suares uslubida gol nishonlashi, «Benfika»dagi raqobat — Ronalduga yangi o‘rinbosar bo‘lgan Ramush!

Baho:
+ | -

Nega u Krishdan ustun?, nega u gollarini Suares kabi nishonlaydi?

Ronaldusiz Portugaliya terma jamoasi mundialning 1/8 finalida Shveysariya bilan to‘qnash keldi va shu bilan birga o‘z tarkibida yangi qahramon topdi! U 21 yoshli hujumchi Gonsalo Ramush! U Krishning o‘rniga maydonga tushdi va bu o‘zgarish shu qadar ideal ediki, mazkur o‘zgarishni hech kim payqamadi ham. Qolaversa, u hozirgi Ronaldudan ham yaxshiroq o‘ynadi: 67 daqiqa ichida uchta gol urdi va ushbu jahon chempionatidagi birinchi xet-trik muallifiga aylandi!

Ramush Portugaliyaning Olyan shahrida futbolni sevuvchi oilada tug‘ilgan. Uning otasi Manuel Ramush va amakisi Migel Teysheyra — ikkalasi ham Portugaliyadagi kichik ligada o‘ynashgan.
Gonsalu «Benfika» akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. U 13 yoshida bu yerga kirgan va bazaga borishdan oldin barcha yosh toifalaridan o‘tib chiqqan. Hujumchi faoliyatidagi yoshlik bosqichining cho‘qqisi - 2019/20 yilgi mavsum. Keyin esa yoshlar o‘rtasidagi chempionlar ligasida «Benfika» safida 8 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. «Benfika»ning asosiy jamoasidagi debyut uchrashuvida «Avesh»ga qarshi o‘yinda Gonsalu bor-yo‘g‘i besh daqiqa ichida dubl qayd eta oldi!

Shundan so‘ng hujumdagi raqobat kuchaygani uchun yosh iqtidorning faoliyati to‘xtab qoldi: jamoaga Roman Yaremchuk keldi, Darvin Nunyes qaytdi. Shunga qaramay, bu mavsumda klub ushbu yigitchaga ishondi va to‘g‘ri qaror qilganini tushundi: u «Benfika»ning Chempionlar ligasiga yo‘l olishiga katta yordam berdi (4 ta o‘yinda 4 ta gol va 2 ta golli uzatma) ligada esa 11 uchrashuvda 9 gol va 3 assist qayd etdi.

Ramushning terma jamoadagi faoliyati ham jadal rivojlanmoqda: uch yil oldin u Armanistonda bo‘lib o‘tgan U-19 Yevropa chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan, hozir esa Qatarda bo‘lib o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida barchani o‘ziga maftun etmoqda. Shu bilan birga Ramushning asosiy jamoadagi debyuti atigi 3 hafta oldin bo‘lib o‘tdi! Ramush va Ronaldu o‘rtasidagi asosiy farq bu altruizmdir.

«Qanotda o‘ynash menga yoqadi. Biroq, bu pozisiyadagi o‘yinchi faqat gol urishim kerak deb o‘ylamasligi kerak. Hozirda hujumchi uchun doimo ortga qaytish va kerak bo‘lganda sheriklariga yordam berish faktorlari juda ham muhim», deydi Ramush. U urgan gollarini Suares uslubidagi imo-ishoralar bilan nishonlaydi: to‘pponchadan o‘q otishni tasvirlaydi. Biroq, bu bayramning urugvaylik bilan hech qanday aloqasi yo‘q: «Men har doim ko‘p gol urganman va negadir otam aytadi: «Gonsalu, seni tanitadigan uslub kerak. Keyin o‘yin oldidan jamoadoshlarim bilan gaplashdim: ular ko‘p o‘ylanib, gol kiritsam, «to‘pponcha» uslubida nishonlashimni so‘rashdi. Oxir-oqibat, men gol urdim va shundan beri men har doim shunday nishonlayman.

Forvardning transfer narxi 25 million yevroni tashkil qiladi. Yozda uni «Vulverxempton», «Everton», «Nyukasl» va «Sautgempton» jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishdi, kuzda esa «Manchester Yunayted» haqida mish-mishlar tarqaldi. Shunga qaramay, «Benfika» uni hech qayerga qo‘yib yubormadi va to‘g‘ri ish qildi - endi portugaliyalik bundan ham ambisiyasi yuqori klublardan taklif olishi aniq.

Kiritildi: 17:23, 07.12.2022.
O'qildi: 2221 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.