Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Alessandro Kostakurta: «Pioli va Anchelottida umumiy jihatlar ko‘p»

Alessandro Kostakurta: «Pioli va Anchelottida umumiy jihatlar ko‘p»

Baho:
+ | -

«Billi» laqabi bilan tanilgan sobiq himoyachi - Alessandro Kostakurtani bemalol Franko Barezi, Paolo Maldini va Mauro Tassotti kabi  «Milan» afsonalari qatoriga qo‘shish mumkin.

 Axir u faoliyatining 20 yilidan ko‘pi (1986-2007 yillar)ni «rossonerlar»ga bag‘ishlagan va qizil-qora tusli libosda g‘alaba qozonish hadisini to‘liq o‘zlashtirgan. Kostakurta bu davrda ikki buyuk murabbiy Arrigo Sakki va Fabio Kapello qo‘l ostida birdek ishladi, «A» seriyaning o‘zida 7 marta chempionlik nashidasini surdi, YECHK|CHLda esa 5 marta bosh sov­rin sohibiga aylandi. Eng asosiysi, «Billi» naq 41 yoshigacha bardam o‘ynadi. Tabiiyki, Tuttosport nashri jurnalisti Kostakurta bilan suhbatda «Milan»ning avvalgi va hozirgi mavsumdagi ishtiroki haqida gaplashdi.

- Hozirgi «Milan» haqida nima deysiz?

- Jamoa men uchun har qanday holatda - eng yaxshisi. Joriy yilgi «Milan»ga esa gap yo‘q, u haqli ravishda skudetto sohibiga aylandi.

- Bosh murabbiy Stefano Piolining ishi nechog‘li ma’qul tushmoqda? 

- Esimda, Pioli 2019 yilning oktyabrida boshqaruvni qo‘lga olganida, hamma uning chempionlik nimaligini bilmasligi va «Milan»dek katta klubga munosib emasligini aytgandi. Stefano esa bunday gap-so‘zlarga parvo qilmadi, tanlagan yo‘lidan chekinmadi va murabbiylikda ancha ulg‘aydi. Shunday ekan, Piolini oxirgi skudetto me’mori sifatida ta’riflash mumkin.

- Piolini endi buyuk Anchelottiga o‘xshatishmoqda...

- Juda o‘rinli taqqos. Axir har ikkisi Emiliyadan va «Milan»ga kelgan payt ularda g‘oliblik nishonasi yo‘q edi. Don Karlo asosan fe’l-atvori hisobiga qoyilmaqom guruh shakllantirgandi. Stefano ham ayni shu jihatdan Anchelottini eslatmoqda. Deylik, barcha futbolchilarda birdamlik tuyg‘usini uyg‘otdi. Chindan ham, ikkisida umumiy jihatlar juda ko‘p.

- Maldinining ishiga qanday baho berish kerak?

- Paoloni 40 yildan buyon bilaman, uning jamoaga nima bera olishini ham. Umuman, Maldini - ajoyib rahbar, uning mukammal ish yurita olishiga mutlaqo shubhalanmagandim.

- «Milan»ning yangi davriga ishonch bormi?

- Mutlaqo. Jamoaning hozirgi loyihasi juda qiziqarli va nazarimda, «rossonerlar» yaqin 4-5 yil ichida CHLning doimiy ishtirokchisiga aylanishadi.

- Jamoa yetakchisi Rafael Leau ketib qolmasmikan?

- Vaziyat tushunarli: hammasida chegara bor. Agar Leau JCHda yaxshi o‘ynasa va yanvarda qaysidir xaridor munosib taklifni ilgari sursa, uni qo‘yib yuborgan ma’qul.

- Ibragimovich erasidan zerikmadingizmi?

- Aslo. Undan hamon jamoa­ga odatiy ta’sir ko‘rsatishi, barcha yigitlar salohiyatini yuzaga chiqishida katta rol bajarishini kutyapman. Oddiy misol, Jiru o‘z ishini yaxshi bajaradi, ammo Ibra kabi boshqalarni ko‘tarish salohiyatiga ega emas. Demoqchimanki, Zlatan hatto 50 foiz kuch bilan o‘ynasa ham, Jirudan effektliroq.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:30, 08.12.2022.
O'qildi: 1306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.