Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Braziliya Jahon chempioni bo‘la oladi(mi)

Braziliya Jahon chempioni bo‘la oladi(mi)

Baho:
+ | -

  Ko‘plab mutaxassislar Qatardagi mundialda Braziliyani asosiy favorit sifatida ko‘rishmoqda va bunga yetarlicha sabablar bor. Rostdan ham Braziliya boshqa jamoalardan bir bosh ustundek ko‘rinmoqda. Ammo bu ularni oldindan chempion deyishimizga kifoya qilmaydi. Shunchaki, ularning asosiy ustunliklari nimada ekanligiga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. 

 O‘zgaruvchan va moslashuvchan himoya 

 Tite bir necha o‘yin davomida asosiy tarkib qanday ko‘rinishda bo‘ladi degan savollarga aniq javob bera oldi. Aytishim mumkinki, Braziliyaning qanot himoyasi u qadar kuchli emas. Uning ustiga Aleks Telles jarohat olgani ham Braziliya zarariga ishlashi mumkin. Ammo jamoada boshqacharoq uslub bilan himoyalanish varianti bor. uchta markaziy himoyachi raqibga moslashib o‘ynay oladi. Agar raqib markazni bloklay olsa(Xorvatiyaning markazi buni eplashi mumkin), Militaoni aktiv qanot futbolchisiga aylantirish va Markinyosni Tiagu Silvaga yordam berishi mumkin. Agar raqib faol qanotlar bilan ishlab markazda bo‘shliq qoldirsa, u holda Markinyos oldinroqqa chiqib Kazemironing pozisiyasini egallaydi va bu qaysidir tehnikali futbolchiga erkinlik beriladi. Bu holda raqibning qanotdan hujumlarini to‘xtatish uchun bosim Sandro va Militaoga tushadi. 

 Kazemiro - "markaz qiroli" 

Kazemiro albatta hozirgi kundagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi bo‘lsa kerak. Unda raqib hujumini to‘xtatishdan tashqari kerak paytda hujumdagi aktivlik ham bor. Kazemironing markazdagi ishonchli harakatlari oldingi chiziq futbolchilariga erkinroq harakatlanishga yetarli bo‘la oladi. Jamoa gol urishda qiynalsa, Kazemiro ham bu ishni bajara olishini guruh bosqichida isbotladi. Raqib chuqur himoyalansa, Markinyosning oldinroqqa chiqish imkoniyati bor. U markazda ham o‘ynay oladi. Bu esa Braziliyaga ustunlik beradi. Chunki Kazemiro oldinroqqa ko‘chadi va jarima maydoni tashqarisidan bemalol zarbalar berish imkoniga ega bo‘ladi. 

Ajoyib bog‘lam: Neymar - Paketa 

 Paketa Braziliya terma jamoasiga daraja jihatidan to‘g‘ri kelmaydi degan muxlislar ham uchraydi. Maydonda Neymar bo‘lmasa, ushbu fikrga qo‘shilamiz. Ammo Neymar va Paketa butunlay boshqacha juftlikni hosil qila olgan. Romario va Bebetoni Braziliya tarixidagi eng yaxshi juftlik deb ta’riflashadi. hozirgisi ham undan qolishmaydi. Chunki, futbolchilar bir-birini so‘zsiz tushunadi. Paketa pasdan tashqari pressingda faol ishlashi maydonda unversalligi tufayli ham Neymar bilan birga qadrli. Ya’ni Neymar nisbatan kamroq pressingda ishlaydi va uning kamchiligini Lukas tozalaydi. 

 Nomidanda kuchliroq trio 

Braziliya hujumi jamoadagi eng kuchli pozisiya hisoblansa ajab emas. Vinisius Junior hozirgi kunda eng kuchli vingerlar qatorida tilga olinadi. Rafinyani tariflash uchun bitta so‘z yetarli. U - braziliyalik. Uning texnik harakatlari shunchaki "joga bonito"ni eslatadi. Risharlison bu jahon chempionatida huddi Benzemadek ko‘rinmoqda. Pressingda  faol ishlaydi. O‘zi ham hujum yarata oladi. To‘p Viniga tushgach, jarima maydonchasi ichida paydo bo‘la oladi.

Agar shu ustunliklari bilan ham Braziliya chempion bo‘la olmasa, demak qaysidir terma jamoa o‘z darajasijan ham yuqoriroq o‘ynab yuborgan bo‘ladi. Mundiallarda esa bunday holatlar kuzatiladi. 

Mirjalol Pardaboyev maqolasi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:48, 08.12.2022.
O'qildi: 3272 marta.
Fikrlar: 56 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.